Prezident tashrifi: Sirdaryoda sanoat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yirik rejalar e’lon qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalas vneocherednaya sessiya Sirdarinskogo oblastnogo Kengasha s uchastiyem prezidenta
Sostoyalas vneocherednaya sessiya Sirdarinskogo oblastnogo Kengasha s uchastiyem prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2025
Obuna bo‘lish
Sirdaryoda sanoat, infratuzilma va qishloq xo‘jaligida yirik investitsiya loyihalari boshlanmoqda. Prezident ishtirokidagi sessiyada Xitoy va Vengriya bilan qator hamkorlik dasturlari e’lon qilindi.
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilganidek, avval dotatsiyali bo‘lgan Guliston va Yangiyer shaharlari, Boyovut, Mirzaobod, Sayxunobod, Sirdaryo va Xovos tumanlari o‘z xarajatini o‘zi qoplashga o‘tdi.
Viloyatda qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Sirdaryo tumanida xitoylik hamkorlar bilan 122 million dollarlik avtomobil ishlab chiqarish zavodi ishga tushiriladi. Qozog‘iston bilan birgalikda Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markaziga start berildi — 300 million dollarlik 14ta korxona kelasi yil ish boshlaydi, 2026-yilgacha yana 720 million dollarlik loyihalar joylashtiriladi.
Infratuzilmani yaxshilash uchun kelasi yil 100 million dollar ajratiladi.
Xitoy bilan hamkorlikda 700 milion dollarlik loyihalar jadal ketmoqda. Delegatsiyani Xitoyga yuborib, qurilish materiallari, kimyo, elektrotexnika, yengil sanoat va farmatsevtika sohalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni kengaytirish vazifasi qo‘yildi. Guliston shahrida “O‘zbekiston – ShHT” savdo-sanoat zonasi tashkil etiladi.
Sanoat zonalarida yerlar tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda beriladi, 10 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratiladi. “Farovon” kichik sanoat zonasi yaqinida butlovchi qismlar uchun 800 mln dollarlik mahalliylashtirish loyihalari boshlanadi. “Feruz” podstansiyasi quvvati ikki baravar oshirilish topshirildi,
Guliston yaqinida 67 gektarda savdo-ko‘ngilochar majmua, daryo bo‘yida esa 360 gektarda ekoturizm zonalari barpo etiladi. 11 tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Pekinda kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha amaliyot o‘taydi.
Guliston universiteti qoshida “Lu Ban ustaxonasi” ochiladi, Sirdaryoda Xitoy bilan farmatsevtika oliygohini tashkil etish rejalashtirilgan. Xitoylik investorlar tomchilatib sug‘orish orqali 12 ming gektar tashlandiq yerni o‘zlashtirmoqda — kelasi yil bu yerda 60 ming tonna paxta yetishtiriladi.
Qishloq xo‘jaligida urug‘chilik bo‘yicha innovatsion markaz tashkil etiladi, sholi maydonlarini tomchilatib sug‘orishga o‘tkazish topshirildi. Boyovutda sig‘imi 100 mln kub metrlik “Sultonhovuz” suv ombori qurilishi boshlanadi.
Vengriya bilan hamkorlikda to‘rt tumanda parrandachilik klasteri tashkil etiladi. Vengriyalik tadbirkorlar 300 million dollar investitsiya kiritish niyatini bildirgan. Ikkita mahallada “aqlli qishloq” dasturini amalga oshirish taklifini bergan
Yo‘l qurilishi: A-373 yo‘lining 37 km qismi 6 tasmali qilib rekonstruksiya qilinadi, 18 mahallada 67 km yo‘l sement-betonga o‘tkaziladi. 2026-yilda 3,5 ming kvartirali 80 ta uy-joy quriladi.
Delegatsiya Sirdarinskoy oblasti naxoditsya s vizitom v Orenburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2025
Sirdaryo va Orenburg viloyatlari savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi
Yangiliklar lentasi
0