O‘zbekistonda OIV bilan kasallanganlar soni ma’lum qilindi — asosiy qismi kimlar?

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishLaborantka provodit analiz krovi na VICh-status
Laborantka provodit analiz krovi na VICh-status - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Obuna bo‘lish
Joriy yilda 3 mingdan ziyod yangi holat qayd etildi, kasallanishning 30 foizdan ziyodi mehnat migratsiyasidan qaytganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 52 ming nafardan ortiq kishi odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) infeksiyasi bilan kasallangan, deb xabar berdi Respublika OITSga qarshi kurash markazi RIA Novostiga.

"Joriy yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra, mamlakatda OIV infeksiyasiga chalingan 52 mingdan ortiq kishi yashaydi", - dedi markaz vakili.

Joriy yilning 10 oyida OIV infeksiyasi 3 mingdan ziyod kishida aniqlangan. Kasallanganlarning asosiy qismini 30-49 yosh oralig‘idagi aholi tashkil qiladi.
Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi yillarda OIV bilan kasallanganlarning 30 foizdan ortig‘i mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar hissasiga to‘g‘ri keladi.

"2025 yilda 5 milliondan ortiq odam OIV skrining tekshiruvidan o‘tkazildi. Olis hududlarni qamrab olish uchun mobil tibbiy brigadalar ish olib bordi, buning natijasida OIV bilan kasallanganlarning 95 foizi o‘z maqomi haqida bilib oldi va zarur hollarda davolanishni boshladi", - deya qo‘shimcha qildi markaz vakili.

2023 yilda O‘zbekiston prezidenti aholi orasida OIV tarqalishini cheklash va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks dasturni tasdiqlagan. Dasturda quyidagilar nazarda tutilgan:
mehnat migrantlarini ixtiyoriy OIV testidan o‘tkazish qamrovini kengaytirish,
migrantlar va ularning oilalarini profilaktika, yuqish yo‘llari va davolash uslublari haqida xabardor qilish bo‘yicha kampaniyalar o‘tkazish.
2024 yil 1-avgust kuni Senat qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishni ma’qulladi. Unga ko‘ra xorijda 90 kun va undan ortiq bo‘lib qaytgan fuqarolar OIVga majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Qonun prezidentga imzolash uchun yuborilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 38 milliondan ortiq aholiga ega O‘zbekistondan:
2025 yil yanvar-sentabr oylarida xorijga ishlash uchun ketganlar soni 1,86 million kishini tashkil etgan,
Rossiyadagi mehnat migrantlari soni esa 1,3 million atrofida.
Probirka s krovyu dlya testa na VICh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2025
Xorijdan qaytgan fuqarolarning OIVga test topshirishi majburiy bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0