O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash yil oxirigacha 12 mlrd dollarga yetadi

© Sputnik26-e zasedanie Mejpravitelstvennoy rossiysko-uzbekskoy komissii po ekonomicheskomu sotrudnichestvu.
26-e zasedanie Mejpravitelstvennoy rossiysko-uzbekskoy komissii po ekonomicheskomu sotrudnichestvu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi savdosi tarkibida Rossiya doimiy ravishda asosiy sheriklar qatoriga kiradi va mamlakat tashqi savdo aylanmasining taxminan 16 foizini tashkil etadi.
TOShKENT, 3 dek – Sputnik. 2025 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 12 milliard dollar darajasida kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 26-yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik muxbiri.
Xodjayevning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yil yakunlariga ko‘ra Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 11 milliard dollardan oshdi, bu 6-yil avvalgidan deyarli ikki baravar ko‘p.
“Joriy yil yakunlari bo‘yicha tovar ayirboshlash hajmini 12 milliard dollarga yetkazishni kutmoqdamiz”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, Xodjayev 2025-yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonning Rossiyaga eksporti 3,6 milliard dollarga yetganini ma’lum qildi.

“O‘zbekiston tashqi savdosi tarkibida Rossiya doimiy ravishda asosiy sheriklar qatoriga kiradi va mamlakat tashqi savdo aylanmasining taxminan 16 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Rossiyaning eng yirik o‘nta savdo sheriklari qatoriga kiradi. Bu bizning iqtisodiy hamkorligimiz bir tomonlama emas, balki o‘zaro ekanini ko‘rsatadi”, - dedi u.

Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining 26-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
© Sputnik26-e zasedanie Mejpravitelstvennoy rossiysko-uzbekskoy komissii po ekonomicheskomu sotrudnichestvu.
26-e zasedanie Mejpravitelstvennoy rossiysko-uzbekskoy komissii po ekonomicheskomu sotrudnichestvu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
26-e zasedanie Mejpravitelstvennoy rossiysko-uzbekskoy komissii po ekonomicheskomu sotrudnichestvu.
Majlis Xodjayev va Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturovning hamraisligi ostida o‘tkazilmoqda. Majlisda ikki mamlakat vazirliklari va idoralari rahbarlari ham ishtirok etmoqda.
Infografika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2025
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida top-5 davlat
Yangiliklar lentasi
0