O‘zbekistonda yadroviy portlash: gaz konidagi katta yong‘in shunday o‘chirilgan

© Sputnik / Sergey SolovyevRabotniki slujbi po ukrosheniyu otkritix neftanix i gazovix fontanov vo vremya tusheniya vozgoraniya na obyekte neftanoy otrasli
Rabotniki slujbi po ukrosheniyu otkritix neftanix i gazovix fontanov vo vremya tusheniya vozgoraniya na obyekte neftanoy otrasli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2025
Obuna bo‘lish
1963 yilda O‘rta-buloq gaz konida yuz bergan va oddiy usullar bilan o‘chmay 1034 kun davom etgan yong‘in 30 kilotonna quvvatli termoyadro zaradi portlatilishi orqali 22–23 soniyada to‘xtatilgan
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. 1963 yil 1-dekabr kuni Buxorodan 90 km uzoqlikdagi O‘rta-buloq gaz konida yirik falokat yuz berdi: yer ostidagi gaz yonib, alanga balandligi 120 metrgacha ko‘tarilgan.
Olovni oddiy usullar bilan o‘chirishning iloji bo‘lmagan va yong‘in 1034 kun davom etdi. Har kuni taxminan 12 mln kub metr gaz yonib ketardi (taqqoslash uchun: 2025-yilning 10 oyida O‘zbekiston 35,5 mlrd kub metr gaz ishlab chiqargan).
Olov manbasiga 250 metrdan yaqinlashishning imkoni yo‘q edi. Artilleriyadan foydalanish bo‘yicha bir necha urinishlar ham natija bermadi. Shundan so‘ng Sovet hukumati yig‘ilishda yong‘inni yadroviy zarad yordamida o‘chirishga qaror qildi. Zaradning asosiy xususiyati — “toza” termoyadro portlash bo‘lishi, ya’ni bo‘linish mahsulotlarining minimal, energiyaning esa asosan termoyadro sintezi hisobiga bo‘lishi kerak edi. Portlash sanasi KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy burosi tomonidan, shaxsan L.I. Brejnev rahbarligida tasdiqlangan.
1966 yil 30-sentabrda 1,5 km chuqurlikda 30 kilotonna quvvatga ega termoyadro zaradi portlatildi (taqqoslash uchun: Xirosimadagi bomba 15 kilotonna bo‘lgan). Portlashdan keyin tog‘ jinslari siljib, gaz chiqish yo‘lini to‘liq yopdi va 22–23 soniya ichida olov o‘chdi.
Oradan ko‘p o‘tmay shunga o‘xshash yong‘in Qashqadaryo viloyatidagi Pamuq gaz konida ham sodir bo‘ldi. U yerdagi yong‘in ham xuddi shu usul — yadroviy portlash yordamida bartaraf etilgan.
Ofitsialniy kommentariy po povodu video s utechkoy gaza v Baysunskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2025
Boysundagi konda gaz yoqilishi havoga zararli modda tarqalishini cheklashga qaratilgan-vazirlik
Yangiliklar lentasi
0