FXX: Ukraina razvedkasi Rossiya generaliga qarshi tayyorlagan teraktning oldi olindi

© Sputnik / Dmitriy MakeyevBoysi spesnaza FSB. Arxivnoe foto
Boysi spesnaza FSB. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2025
Obuna bo‘lish
Qrimda Ukraina harbiy razvedkasi tomonidan Rossiya ofitseriga qarshi portlovchi qurilma orqali suiqasd urinishi FXX tomonidan bartaraf etildi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Qrimda Ukraina harbiy razvedkasi topshirig‘i bilan Rossiya Mudofaa vazirligining yuqori martabali ofitserlaridan birini shaxsiy avtomobiliga qo‘yilgan portlovchi qurilma orqali o‘ldirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Kiyev tomonidan yo‘naltirilgan agent avtomobil ostiga bomba joylashtirgan. U FXX xodimlariga qurolli qarshilik ko‘rsatgan vaqtda yo‘q qilingan. Jinoyatchidan kuratori bilan aloqa vositalari va G‘arbda ishlab chiqarilgan portlovchi qurilmaning qismlari musodara qilingan.
Terrorchilik harakati Ukraina harbiy razvedkasi xodimi Rustem Faxriyev tomonidan tashkil etilgani aytilmoqda. Uning sheriklaridan biri — Qrim Respublikasida yashovchi shaxs — qo‘lga olingan.
Shu bilan birga, Ukraina harbiy razvedkasi Qrimda Rossiya harbiysining xotini va bolasi ham halok bo‘lishi ehtimolini ko‘zda tutgani aytilmoqda.
FXX yo‘q qilingan agent bilan bog‘liq videoni ham e’lon qildi. Kadrlarda jinoyatchining jasadi asfaltda yotgani va uning yonida granata borligi ko‘rinib turadi.
Mnogotselevoy istrebitel MiG-31 s giperzvukovoy raketoy Kinjal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
FXX: Ukraina razvedkasi MiG-31ni olib qochib, Rossiya-NATO mojarosini qo‘zg‘atmoqchi bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0