https://oz.sputniknews.uz/20251130/boysun-gaz-yoqilish-53832096.html
Boysundagi konda gaz yoqilishi havoga zararli modda tarqalishini cheklashga qaratilgan-vazirlik
Boysundagi konda gaz yoqilishi havoga zararli modda tarqalishini cheklashga qaratilgan-vazirlik
Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligi Boysundagi gaz sizib chiqishi videosidagi holat geologik jarayon ekanini ma’lum qilib, vaziyat mutaxassislar nazoratida ekanini bildirdi.
2025-11-30T12:10+0500
2025-11-30T12:10+0500
2025-12-01T10:34+0500
o‘zbekiston
jamiyat
surxondaryo
gaz
ekologiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/1e/53831688_0:54:713:455_1920x0_80_0_0_dd92b0a732d4cc9edd32fee761097729.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Boysun tumanidagi gaz sizib chiqishi aks etgan videoda ko‘rilgan holat “M-25” konining 202-son qudug‘ida bir hafta oldin kuzatilgan geologik jarayon bilan bog‘liq. Bu haqda Energetika vazirligi videolar yuzasidan rasmiy munosabatida xabar berdi.Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu holat geologik jarayon, ya’ni avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nishi holati hisoblanadi.Shu bilan birga, avvalroq berilgan rasmiy ma’lumotda havoga zararli moddalar chiqishining oldini olish maqsadida gaz yoqib qo‘yilgani ta’kidlangan. Bunday usul atrof-muhit ifloslanishini cheklashda qabul qilingan standart amaliyot bo‘lib, xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251104/boysun-kon-yongin-reja-bajarilish-53216077.html
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/1e/53831688_19:0:696:508_1920x0_80_0_0_0858afce74aa7e46c81a22d9ace7a9f2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
boysun tumani, m-25 koni, o‘zbekiston energetika vazirligi, gaz sizishi, gaz yoqilishi, havo ifloslanishi, atrof-muhit muhofazasi, geologik jarayon, sanitariya qoidalari o‘zbekiston, xalqaro sanoat xavfsizligi, ekologik nazorat, tabiiy gaz
boysun tumani, m-25 koni, o‘zbekiston energetika vazirligi, gaz sizishi, gaz yoqilishi, havo ifloslanishi, atrof-muhit muhofazasi, geologik jarayon, sanitariya qoidalari o‘zbekiston, xalqaro sanoat xavfsizligi, ekologik nazorat, tabiiy gaz
Boysundagi konda gaz yoqilishi havoga zararli modda tarqalishini cheklashga qaratilgan-vazirlik
12:10 30.11.2025 (yangilandi: 10:34 01.12.2025) Energetika vazirligi Boysun tumanida gaz sizib chiqishi deb talqin qilingan videolar “M-25” konidagi tabiiy geologik jarayon bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Boysun tumanidagi gaz sizib chiqishi aks etgan videoda ko‘rilgan holat “M-25” konining 202-son qudug‘ida bir hafta oldin kuzatilgan geologik jarayon bilan bog‘liq. Bu haqda Energetika vazirligi videolar yuzasidan rasmiy munosabatida
xabar berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu holat geologik jarayon, ya’ni avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nishi holati hisoblanadi.
Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda vaziyat barqaror, barcha texnologik jarayonlar mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, avvalroq berilgan rasmiy ma’lumotda havoga zararli moddalar chiqishining oldini olish maqsadida gaz yoqib qo‘yilgani ta’kidlangan. Bunday usul atrof-muhit ifloslanishini cheklashda qabul qilingan standart amaliyot bo‘lib, xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradi.