YeOII va Hindiston erkin savdo hududini yaratish to‘g‘risida muzokaralarni boshladi
YeOII va Hindiston erkin savdo hududini yaratish to‘g‘risida muzokaralarni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
26-28 noyabr kunlari Nyu-Dehlida YeOII va Hindiston o‘rtasida erkin savdo hududi to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, tomonlar bitimning tartibga solish qismini muhokama qilishda sezilarli oldinga siljishdi va bo‘lajak tarif bitimining parametrlarini belgilab olishdi hamda keyingi qadamlarni kelishib olishdi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Hindiston erkin savdo hududini yaratish to‘g‘risida muzokaralarni boshladi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.26-28 noyabr kunlari Nyu-Dehlida YeOII va Hindiston o‘rtasida erkin savdo hududi to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.Ma’lum qilinishicha, tomonlar bitimning tartibga solish qismini muhokama qilishda sezilarli oldinga siljishdi va bo‘lajak tarif bitimining parametrlarini belgilab olishdi hamda keyingi qadamlarni kelishib olishdi.YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyovning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida YeOII va Hindiston muzokaralar jamoalari konstruktiv yondashuv va amaliy natijalarga erishishga e’tibor qaratishdi.“O‘z navbatida, biz “fast track” rejimida ishlashga tayyorligimizni tasdiqlaymiz. Biz 2026-yil fevral oyida rejalashtirilgan muzokaralarning keyingi bosqichida import tariflari bekor qilinadigan yoki pasaytiriladigan asosiy tovarlar ro‘yxati bo‘yicha mazmunli suhbatga umid qilamiz”, - dedi YeIK vaziri.
Muzokaralar chog‘ida YeOII va Hindiston muzokaralar jamoalari konstruktiv yondashuv va amaliy natijalarga erishish niyatini namoyon etishdi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Hindiston erkin savdo hududini yaratish to‘g‘risida muzokaralarni boshladi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
26-28 noyabr kunlari Nyu-Dehlida YeOII va Hindiston o‘rtasida erkin savdo hududi to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar bitimning tartibga solish qismini muhokama qilishda sezilarli oldinga siljishdi va bo‘lajak tarif bitimining parametrlarini belgilab olishdi hamda keyingi qadamlarni kelishib olishdi.
YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyovning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida YeOII va Hindiston muzokaralar jamoalari konstruktiv yondashuv va amaliy natijalarga erishishga e’tibor qaratishdi.
“O‘z navbatida, biz “fast track” rejimida ishlashga tayyorligimizni tasdiqlaymiz. Biz 2026-yil fevral oyida rejalashtirilgan muzokaralarning keyingi bosqichida import tariflari bekor qilinadigan yoki pasaytiriladigan asosiy tovarlar ro‘yxati bo‘yicha mazmunli suhbatga umid qilamiz”, - dedi YeIK vaziri.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.