Avtotransportlarga ekologik stikerlar beriladi – tartib ma’lum

© Sputnik / Baxrom XatamovTransportnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli
Transportnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Obuna bo‘lish
Transport vositalarini ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida ularning toifalariga mos ravishda “yashil”, “sariq” yoki “qizil” rangli ekologik stikerlar beriladi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekistonda avtotransportlarga ekologik stikerlarni berish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, transport vositasining ekologik toifasi uning ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan ekologik sinfiga muvofiq belgilanadi.
Bunda transport vositalari quyidagi mezonlarga ko‘ra ekologik toifalarga ajratiladi:
benzin, siqilgan va suyultirilgan gaz yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi:
“Yevro-2”va undan yuqori ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “toza” ekologik toifaga;
“Yevro-0”va “Yevro-1”ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “o‘rta” ekologik toifaga;
dizel yoqilg‘i turi bilan harakatlanuvchi:
“Yevro-4”va undan yuqori ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “toza” ekologik toifaga;
“Yevro-3”ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “o‘rta” ekologik toifaga;
“Yevro-0”, “Yevro-1” va “Yevro-2”ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “zararli” ekologik toifaga;
gibrid avtomobillar, muqobil yoqilg‘i turlarida xarakatlanuvchi transport vositalari hamda ishlab chiqarilganiga 3-yildan oshmagan transport vositalari – “toza” ekologik toifaga.
Transport vositalarini ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida ularning toifalariga mos ravishda “yashil”, “sariq” yoki “qizil” rangli ekologik stikerlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi.
Transport egasi ixtiyoriy ravishda ekologik stiker olish uchun Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga uning rasmiy veb-sayti yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
Ariza belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lganda, trasport vositasiga uning ekologik toifasiga mos bo‘lgan ekologik stikerlardan biri taqdim etiladi.
Ekologik stikerlar muddatsiz davrga beriladi.
V Tashkente prezentovali slujebnie avtomobili dlya ekopolitsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2025
Ekologiya sohasida tub islohotlar: Milliy qo‘mita, Ekopolitsiya va 1,5 trln so‘mlik jamg‘arma
Yangiliklar lentasi
0