https://oz.sputniknews.uz/20251128/ozbekiston-rossiya-erxov-53790993.html
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi izchil siyosiy muloqot strategik ahamiyatga ega – Yerxov
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi izchil siyosiy muloqot strategik ahamiyatga ega – Yerxov
Sputnik O‘zbekiston
Elchi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigini mustahkamlash u uchun sharaf ekanini ta’kidladi. 28.11.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-11-28T11:05+0500
2025-11-28T11:05+0500
2025-11-28T11:05+0500
siyosat
aleksey yerxov
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/1b/53779652_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_23b6f8be9a7cb55e1d31d1ead9d359b8.jpg
TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi izchil siyosiy muloqot, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash kabi masalalar nafaqat dolzarb, balki strategik ahamiyatga ega. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov ma’lum qildi.Yerxov ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigini mustahkamlash u uchun yuksak sharaf va ulkan mas’uliyat ekanini qayd etdi.Elchining so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekistonning barcha vazirlik va idoralari, hukumat va parlament institutlari bilan yaqin va samarali muloqot olib borishni niyat qilgan. Birgalikda strategik sheriklikni yanada kuchaytirish, iqtisodiy integratsiya imkoniyatlarini kengaytirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlash hamda ikki davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi siyosiy tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.“Ikki mamlakatning do‘stligi va bir maqsad sari intilishi bugungi geosiyosiy sharoitda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Missiyam davomida ushbu strategik yo‘lni yanada rivojlantirishga bor kuch va tajribamni yo‘naltiraman”, - deya xulosa qildi Yerxov.Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni Aleksey Yerxov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20251114/erxov-rossiya-ozbekiston-53471998.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/1b/53779652_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c9e71fbcad0dc243e6884271b5aa6808.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, aleksey yerxov, o‘zbekiston, rossiya
siyosat, aleksey yerxov, o‘zbekiston, rossiya
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi izchil siyosiy muloqot strategik ahamiyatga ega – Yerxov
Elchi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigini mustahkamlash u uchun sharaf ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi izchil siyosiy muloqot, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash kabi masalalar nafaqat dolzarb, balki strategik ahamiyatga ega. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov ma’lum qildi.
Yerxov ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigini mustahkamlash u uchun yuksak sharaf va ulkan mas’uliyat ekanini qayd etdi.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi izchil siyosiy muloqot, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash kabi masalalar nafaqat dolzarb, balki strategik ahamiyatga ega. Mamlakatlarimiz ichki va tashqi siyosatda ishonch, tenglik va o‘zaro hurmat prinsiplari asosida sheriklikni yangi bosqichga chiqarish bo‘yicha qat’iy irodaga ega”, - dedi u O‘zbekiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan keyin.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekistonning barcha vazirlik va idoralari, hukumat va parlament institutlari bilan yaqin va samarali muloqot olib borishni niyat qilgan. Birgalikda strategik sheriklikni yanada kuchaytirish, iqtisodiy integratsiya imkoniyatlarini kengaytirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlash hamda ikki davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi siyosiy tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
“Ikki mamlakatning do‘stligi va bir maqsad sari intilishi bugungi geosiyosiy sharoitda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Missiyam davomida ushbu strategik yo‘lni yanada rivojlantirishga bor kuch va tajribamni yo‘naltiraman”, - deya xulosa qildi Yerxov.
Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni Aleksey Yerxov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga
tayinlangan edi.