https://oz.sputniknews.uz/20251126/ukraine-usa-yordam-nato-53757750.html
Ukrainaga AQSh yordami to‘xtasa, NATO uning o‘rnini bosa olmasligini tan oldi
Ukrainaga AQSh yordami to‘xtasa, NATO uning o‘rnini bosa olmasligini tan oldi
Sputnik O‘zbekiston
NATO Harbiy qo‘mitasi raisi Juzeppe Kavo Dragone AQSh Ukrainani yordamini qisqartirsa, alyans bu bo‘shliqni to‘liq qoplay olmasligini aytdi. U NATOning “preventiv tiyib turish” konsepsiyasini muhokama qilayotganini ham ma’lum qildi
2025-11-26T17:33+0500
2025-11-26T17:33+0500
2025-11-26T17:33+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
rossiya
vladimir putin
sergey lavrov
kreml
yevropa
nato
aqsh
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/1a/53757489_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_b876679e3b096996f3052ef85f63082c.png
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. NATOga a’zo davlatlar AQShning Ukrainaga ehtimoliy yordam qisqarishini to‘liq qoplashga qodir emas. Bu haqda NATO Harbiy qo‘mitasi raisi, italiyalik admiral Juzeppe Kavo Dragone "Mundo" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.Admiral savolga javob berar ekan, shunday dedi:Uning ta’kidlashicha, bugungi voqealar Yevropa jamiyatlari uchun allaqachon "gibrid urush" va "kulrang zona" deb ataladigan yangi turdagi geosiyosiy to‘qnashuv sharoitidagi "sovuq dush lahzasi" bo‘lib turibdi.Kavo Dragone NATO rahbariyati "tahdidlarni" oldindan bartaraf etishga qaratilgan yangi konsepsiya — “preventiv tiyib turish” g‘oyasini muhokama qilayotganini aytdi. Bu, masalan, alyans mamlakatlari bo‘ylab dronlar uchirishga tayyorlanayotgan maydonlarni yo‘q qilish kabi choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.Admiralga ko‘ra, bunday yondashuv “kulrang zona”da ortib borayotgan xavflarga javob sifatida ko‘rilayotgan bo‘lib, uning maqsadi to‘laqonli mojaroga olib kelishi mumkin bo‘lgan eskalatsiyaning oldini olish.Rossiyaning munosabatiMoskva bir necha bor Ukrainaga qurol yetkazib berish mamlakatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga tortuvchi xatti-harakatlar ekanini ta’kidlagan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, Ukrainaga yuborilayotgan har qanday qurol-aslaha yuki Rossiya uchun qonuniy nishon hisoblanadi.Kreml G‘arbning qurol yetkazib berishi Ukraina bo‘yicha muzokaralarga yordam bermasligi, aksincha, vaziyatni yanada keskinlashtirishini qayd etadi.Vladimir Putin avval amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilish niyati yo‘qligini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fikr mutlaqo ma’nosiz bo‘lib, G‘arb siyosatchilari ichki muammolardan e’tiborni chalg‘itish uchun o‘z aholisini muntazam “Rossiya tahdidi” bilan qo‘rqitishadi.So‘nggi yillarda Rossiya NATOning g‘arbiy chegaralar yaqinidagi faolligi keskin oshganini ta’kidlab keladi. Alyans buni “Rossiya agressiyasini tiyib turish” deb ta’riflashda davom etmoqda.Moskva esa o‘z navbatida NATO kuchlari o‘sishi mumkin bo‘lgan xavf deb baholanishini, biroq Rossiya hech kimga tahdid qilmasligini, shu bilan birga o‘z manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni e’tiborsiz qoldirmasligini bildirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251111/ukraine-mig-olib-qochish-53389632.html
yevropa
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/1a/53757489_97:0:673:432_1920x0_80_0_0_da783bf08dbf762603598e47bebff9db.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nato, aqsh yordami, ukraina, juzeppe kavo dragone, gibrid urush, kulrang zona, nato qo‘mitasi, dron tahdidi, preventiv tiyib turish, rossiya, lavrov, putin, nato faolligi, ukraina mojarosi, g‘arb qurollari
nato, aqsh yordami, ukraina, juzeppe kavo dragone, gibrid urush, kulrang zona, nato qo‘mitasi, dron tahdidi, preventiv tiyib turish, rossiya, lavrov, putin, nato faolligi, ukraina mojarosi, g‘arb qurollari
Ukrainaga AQSh yordami to‘xtasa, NATO uning o‘rnini bosa olmasligini tan oldi
NATO Harbiy qo‘mitasi raisi Juzeppe Kavo Dragone AQSh yordamining ehtimoliy qisqarishi Ukraina uchun jiddiy xavf ekanini, alyans bu bo‘shliqni to‘liq qoplay olmasligini bildirdi.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. NATOga a’zo davlatlar AQShning Ukrainaga ehtimoliy yordam qisqarishini to‘liq qoplashga qodir emas. Bu haqda NATO Harbiy qo‘mitasi raisi, italiyalik admiral Juzeppe Kavo Dragone "Mundo" nashriga bergan intervyusida
ma’lum qildi.
Admiral savolga javob berar ekan, shunday dedi:
"To‘g‘risini aytsam, bu savolga “ha” deb javob bera olmayman. Lekin aytishim mumkinki, biz qo‘limizdan kelganini qilamiz. Yordamimizni maksimal darajada oshirishga harakat qilamiz. Biz Ukrainani hech qachon tashlab qo‘ymaymiz".
Uning ta’kidlashicha, bugungi voqealar Yevropa jamiyatlari uchun allaqachon "gibrid urush" va "kulrang zona" deb ataladigan yangi turdagi geosiyosiy to‘qnashuv sharoitidagi "sovuq dush lahzasi" bo‘lib turibdi.
Kavo Dragone NATO rahbariyati "tahdidlarni" oldindan bartaraf etishga qaratilgan yangi konsepsiya — “preventiv tiyib turish” g‘oyasini muhokama qilayotganini aytdi. Bu, masalan, alyans mamlakatlari bo‘ylab dronlar uchirishga tayyorlanayotgan maydonlarni yo‘q qilish kabi choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Admiralga ko‘ra, bunday yondashuv “kulrang zona”da ortib borayotgan xavflarga javob sifatida ko‘rilayotgan bo‘lib, uning maqsadi to‘laqonli mojaroga olib kelishi mumkin bo‘lgan eskalatsiyaning oldini olish.
Moskva bir necha bor Ukrainaga qurol yetkazib berish mamlakatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga tortuvchi xatti-harakatlar ekanini ta’kidlagan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, Ukrainaga yuborilayotgan har qanday qurol-aslaha yuki Rossiya uchun qonuniy nishon hisoblanadi.
Kreml G‘arbning qurol yetkazib berishi Ukraina bo‘yicha muzokaralarga yordam bermasligi, aksincha, vaziyatni yanada keskinlashtirishini qayd etadi.
Vladimir Putin avval amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilish niyati yo‘qligini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fikr mutlaqo ma’nosiz bo‘lib, G‘arb siyosatchilari ichki muammolardan e’tiborni chalg‘itish uchun o‘z aholisini muntazam “Rossiya tahdidi” bilan qo‘rqitishadi.
So‘nggi yillarda Rossiya NATOning g‘arbiy chegaralar yaqinidagi faolligi keskin oshganini ta’kidlab keladi. Alyans buni “Rossiya agressiyasini tiyib turish” deb ta’riflashda davom etmoqda.
Moskva esa o‘z navbatida NATO kuchlari o‘sishi mumkin bo‘lgan xavf deb baholanishini, biroq Rossiya hech kimga tahdid qilmasligini, shu bilan birga o‘z manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni e’tiborsiz qoldirmasligini bildirmoqda.