Toshkent viloyatida polietilen yoqib, ekologiyaga zarar yetkazgan korxona faoliyati to‘xtatildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishZima v Novosibirskoy oblasti
Zima v Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2025
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida polietilen yoqilgani aniqlandi. Korxonalar faoliyati reydlar chog‘ida to‘xtatildi.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Toshkent viloyati Niyozboshi qishlog‘idagi ayrim xususiy korxonalarda qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida polietilen moddalar yoqilgani aniqlanib, ishchi guruh tomonidan ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat ekologiya, prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadida o‘tkazilgan tungi nazorat va reyd tadbirlari vaqtida aniqlangan.
"Atmosfera havosini muhofaza qilishda fuqarolarning faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda hamkorlikka chaqiramiz", — deyiladi xabarda.
Chorniy dim zavoda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2025
1 dekabrgacha zararli tashlamalarni kamaytirmagan korxonalar vaqtincha yopilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0