https://oz.sputniknews.uz/20251126/sindarov-jahon-kubok-chempion-53756894.html
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov FIDE Jahon kubogi chempioni bo‘ldi
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov FIDE Jahon kubogi chempioni bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Javohir Sindarov Goada bo‘lib o‘tgan FIDE Jahon Kubogi 2025 finalida Vey Yiga qarshi g‘alaba qozondi. Sindarov 120 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi va 2026-yilgi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oldi.
2025-11-26T16:50+0500
2025-11-26T16:50+0500
2025-11-26T16:59+0500
javohir sindarov
hindiston
chempion
mukofot
shaxmat
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/1d/41873599_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_f81cccf15c211403791899aba829107d.jpg
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Goa (Hindiston)dagi FIDE Jahon kubogi 2025 finalida Javohir Sindarov xitoylik Vey Iga qarshi bellashuvda g‘alaba qozondi va musobaqa chempioniga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.G‘alabadan so‘ng Sindarov 120 ming dollar miqdoridagi chempionlik mukofotini qo‘lga kiritdi.Yarim finalda Sindarov yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster — Nodirbek Yakubboyevni mag‘lub etgan edi. Yakubboyev uchinchi o‘rin uchun bellashuvda rossiyalik Andrey Yesipenkoga imkoniyatni boy berib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi va 50 ming dollar mukofot pulini oldi.Jahon kubogida jami 89 ta mamlakatdan 206 nafar top-shaxmatchilar ishtirok etdi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2 million dollarni tashkil etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251120/sindarov-yakubboev-fide-jahon-kubok-final-53599129.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/1d/41873599_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_7dece8dfc85a11ff8346df0120ceaea6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
javohir sindarov, nodirbek yakubboyev, fide jahon kubogi, shaxmat, vey yi, chempion, goa, nomzodlar turniri, o‘zbekistonlik shaxmatchilar, final, mukofot, 120 ming dollar, 50 ming dollar
javohir sindarov, nodirbek yakubboyev, fide jahon kubogi, shaxmat, vey yi, chempion, goa, nomzodlar turniri, o‘zbekistonlik shaxmatchilar, final, mukofot, 120 ming dollar, 50 ming dollar
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov FIDE Jahon kubogi chempioni bo‘ldi
16:50 26.11.2025 (yangilandi: 16:59 26.11.2025) Goadagi FIDE Jahon kubogi finalida Javohir Sindarov xitoylik raqibini mag‘lub etdi va chempion bo‘ldi.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Goa (Hindiston)dagi FIDE Jahon kubogi 2025 finalida Javohir Sindarov xitoylik Vey Iga qarshi bellashuvda g‘alaba qozondi va musobaqa chempioniga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati
xabar berdi.
G‘alabadan so‘ng Sindarov 120 ming dollar miqdoridagi chempionlik mukofotini qo‘lga kiritdi.
E’tiborli jihati — Javohir Sindarov 2026-yilgi Nomzodlar turniriga rasmiy yo‘llanmaga ega bo‘ldi.
Yarim finalda Sindarov yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster — Nodirbek Yakubboyevni mag‘lub etgan edi. Yakubboyev uchinchi o‘rin uchun bellashuvda rossiyalik Andrey Yesipenkoga imkoniyatni boy berib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi va 50 ming dollar mukofot pulini oldi.
Jahon kubogida jami 89 ta mamlakatdan 206 nafar top-shaxmatchilar ishtirok etdi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2 million dollarni tashkil etdi.