https://oz.sputniknews.uz/20251126/aes-qurilish-eshituvlar-53753643.html
Jizzaxda AES qurilishi bo‘yicha eshituvlar: jamoatchilik ishtirok etishga taklif etilmoqda
Jizzaxda AES qurilishi bo‘yicha eshituvlar: jamoatchilik ishtirok etishga taklif etilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qurilayotgan AES loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi 23-dekabr kuni Jizzax viloyatida o‘tkaziladi. Quvvati 2110 MVt bo‘lgan stansiya 2035-yilda to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
2025-11-26T14:49+0500
2025-11-26T14:49+0500
2025-11-26T14:55+0500
rosatom
aes
jizzax
o‘zbekiston
jamiyat
elektr energiyasi
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/19/53718071_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_269abea7e823f541b2c15b195cdf311b.jpg
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. 23-dekabr kuni "Rosatom" davlat korporatsiyasi ishtirokida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.E’londa AES loyihasining asosiy texnik parametrlari keltirilgan:Shuningdek, e’londa jamoatchilik vakillari va manfaatdor tomonlar AES loyihasi bo‘yicha eshituvlarda ishtirok etishga taklif qilingani qayd etilgan.Eslatib o‘tamiz, 2024-yil may oyida Toshkentda Jizzax viloyatida kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha atom energetikasi tarixidagi birinchi eksport shartnomasi imzolangan. “Rosatom” stansiya qurilishining bosh pudratchisi sifatida belgilangan bo‘lib, loyihada mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi.Joriy yil oktabr oyida AES uchun xandaq qazilishi boshlangan. “O‘zatom” 2026-yil boshida stansiya qurilishi uchun rasmiy ruxsat olishni rejalashtirmoqda, birinchi beton quyish marti oyiga mo‘ljallangan. Loyihaga ko‘ra, stansiya qurilishi 2035-yilda to‘liq yakuniga yetkazilishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251114/ozbekiston-aes-qurilishi-53474062.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/19/53718071_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_0268ad9f8cb5401da368b67d5ac3ce56.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aes, atom stansiyasi, rosatom, o‘zatom, jizzax viloyati, forish tumani, jamoatchilik eshituvi, atom energetikasi, 2110 mvt, energetika balansi, kotlovan, beton quyish, aes qurilishi, o‘zbekiston energetikasi
aes, atom stansiyasi, rosatom, o‘zatom, jizzax viloyati, forish tumani, jamoatchilik eshituvi, atom energetikasi, 2110 mvt, energetika balansi, kotlovan, beton quyish, aes qurilishi, o‘zbekiston energetikasi
Jizzaxda AES qurilishi bo‘yicha eshituvlar: jamoatchilik ishtirok etishga taklif etilmoqda
14:49 26.11.2025 (yangilandi: 14:55 26.11.2025) "Rosatom" ishtirokida qurilayotgan AES loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishi belgilandi.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. 23 dekabr kuni "Rosatom" davlat korporatsiyasi ishtirokida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, eshituvlar 2025-yil 23-dekabr kuni soat 11:00 da, Jizzax viloyati Forish tumanidagi Bog‘don aholi punktida joylashgan 30-son Madaniyat markazida bo‘lib o‘tadi.
E’londa AES loyihasining asosiy texnik parametrlari keltirilgan:
yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish — 16–17 mlrd kVt/soat;
O‘zbekiston energiya balansidagi ulushi — 12–15%;
ekspluatatsiya muddati — 60-yil.
Shuningdek, e’londa jamoatchilik vakillari va manfaatdor tomonlar AES loyihasi bo‘yicha eshituvlarda ishtirok etishga taklif qilingani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil may oyida Toshkentda Jizzax viloyatida kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha atom energetikasi tarixidagi birinchi eksport shartnomasi imzolangan. “Rosatom” stansiya qurilishining bosh pudratchisi sifatida belgilangan bo‘lib, loyihada mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi.
Joriy yil oktabr oyida AES uchun xandaq qazilishi boshlangan. “O‘zatom” 2026-yil boshida stansiya qurilishi uchun rasmiy ruxsat olishni rejalashtirmoqda, birinchi beton quyish marti oyiga mo‘ljallangan. Loyihaga ko‘ra, stansiya qurilishi 2035-yilda to‘liq yakuniga yetkazilishi kutilmoqda.