Raqobat qo‘mitasi mobil operatorlarning narxlarni oshirish holatlarini o‘rganishni boshladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Moskve
Povsednevnaya jizn v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Obuna bo‘lish
Raqobat qo‘mitasi mobil aloqa operatorlari narx oshirishi bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda, muvofiqlashtirilgan harakatlar aniqlansa, qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar ko‘riladi.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Raqobat qo‘mitasi o‘tkaziyotgan o‘rganish natijasida mobil aloqa operatorlari tomonidan muvofiqlashtirilgan (til biriktirilgan) harakatlar alomatlari aniqlansa, ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, mobil aloqa operatorlari ko‘rsatayotgan xizmatlar uchun narxlarni oshirish holati bo‘yicha o‘rganishlar boshlangan.
Qo‘mita joriy yil noyabr oyi boshida operatorlarga narxlar oshirilishi asosliligini o‘rganish maqsadida tegishli tartibda rasmiy so‘rovlar yuborgan.
O‘rganish natijasida raqobatga zid harakatlar tasdiqlansa, amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.
Kosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2025
O‘zbekistonda sputnik aloqa texnologiyalari rivojlantiriladi— yangi qonun
Yangiliklar lentasi
0