https://oz.sputniknews.uz/20251031/ukraine-halok-askarlar-jasadlar-53127501.html
Miroshnik: Ukraina halok bo‘lgan askarlarining jasadlarini olib ketishni istamayapti
Miroshnik: Ukraina halok bo‘lgan askarlarining jasadlarini olib ketishni istamayapti
Sputnik O‘zbekiston
Rodion Miroshnik Ukraina frontidagi vaziyat, asirlar taqdiri va halok bo‘lgan harbiylarga Kiyevning munosabati haqida gapirdi. Unga ko‘ra, Ukraina asirlar va qurbonlarni siyosiy bosim vositasi sifatida ishlatmoqda.
2025-10-31T11:08+0500
2025-10-31T11:08+0500
2025-10-31T11:09+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya tiv
rossiya
harbiylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1f/53127991_0:0:1170:659_1920x0_80_0_0_321590f294bfea5c2ea53368b2d790dc.jpg
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Kiyev rejimi jinoyatlari bo‘yicha maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik RIA Novostiga bergan intervyusida frontoldi vaziyat, asirlar va halok bo‘lgan harbiylarga munosabat haqida so‘z yuritdi.Miroshnikning so‘zlariga ko‘ra, frontga yaqin hududlarda aholi doimiy dron hujumlari sabab "daraxtdan daraxtga harakatlanishni o‘rgangan". Diplomatning ta’kidlashicha, Ukraina asirlar almashinuvida faqat radikal guruh a’zolarini qaytarishga harakat qilmoqda, oddiy harbiy xizmatchilar esa e’tibordan chetda qolmoqda. Shu bilan birga, Rossiya Kursk viloyatining 13 nafar fuqarosini qaytarish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar orqali muzokaralar olib bormoqda. Ukraina esa ularni bosim va manipulyatsiya vositasi sifatida ushlab turibdi.Miroshnikning ma’lum qilishicha, Moskva halok bo‘lgan ukrain harbiylarining jasadlarini topshirishga tayyor, ammo Kiyev bu borada hech qanday tashabbus ko‘rsatmayapti.Uning ta’kidlashicha, Ukraina rahbariyati haqiqiy yo‘qotishlarni yashirish va halok bo‘lganlarning oilalariga to‘lovlarni kamaytirish orqali “yengilmaslik” imijini saqlab qolishga intilmoqda.Miroshnik topshirilgan jasadlar “dengizdan tomchi” ekanini qayd etib, gumanitar masalalarni hal qilishda xalqaro tashkilotlar faolroq ishtirok etishiga umid bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251030/rossiya-uqk-qurshov-53112262.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1f/53127991_103:0:1143:780_1920x0_80_0_0_1169d30b935bfc6eb6721b35051b25e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rodion miroshnik, rossiya tiv, kiyev rejimi, ukraina, asirlar almashinuvi, halok bo‘lgan harbiylar, qurbon askarlar, dron hujumlari, frontoldi vaziyat, moskva, kursk viloyati, gumanitar masalalar, xalqaro tashkilotlar, azov, aydar, kiyev hokimiyati, elchi intervyu, ria novosti
rodion miroshnik, rossiya tiv, kiyev rejimi, ukraina, asirlar almashinuvi, halok bo‘lgan harbiylar, qurbon askarlar, dron hujumlari, frontoldi vaziyat, moskva, kursk viloyati, gumanitar masalalar, xalqaro tashkilotlar, azov, aydar, kiyev hokimiyati, elchi intervyu, ria novosti
Miroshnik: Ukraina halok bo‘lgan askarlarining jasadlarini olib ketishni istamayapti
11:08 31.10.2025 (yangilandi: 11:09 31.10.2025) Rossiya elchisi Rodion Miroshnik Ukraina frontidagi vaziyat va Kiyevning asirlar hamda halok bo‘lgan harbiylarga munosabati haqida fikr bildirdi.
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Kiyev rejimi jinoyatlari bo‘yicha maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik RIA Novostiga bergan intervyusida frontoldi vaziyat, asirlar va halok bo‘lgan harbiylarga munosabat haqida so‘z yuritdi.
Miroshnikning
so‘zlariga ko‘ra, frontga yaqin hududlarda aholi doimiy dron hujumlari sabab "daraxtdan daraxtga harakatlanishni o‘rgangan".
Diplomatning
ta’kidlashicha, Ukraina asirlar almashinuvida faqat radikal guruh a’zolarini qaytarishga harakat qilmoqda, oddiy harbiy xizmatchilar esa e’tibordan chetda qolmoqda.
Shu bilan birga, Rossiya Kursk viloyatining 13 nafar fuqarosini qaytarish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar orqali muzokaralar olib bormoqda. Ukraina esa ularni bosim va manipulyatsiya vositasi sifatida
ushlab turibdi.
Miroshnikning
ma’lum qilishicha, Moskva halok bo‘lgan ukrain harbiylarining jasadlarini topshirishga tayyor, ammo Kiyev bu borada hech qanday tashabbus ko‘rsatmayapti.
“Murdani olish istagi — faqat so‘zda. Kiyev rasmiylari uchun askarlar — qurbon qilinadigan odamlar”, — dedi Miroshnik.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina rahbariyati haqiqiy yo‘qotishlarni yashirish va halok bo‘lganlarning oilalariga to‘lovlarni kamaytirish orqali “yengilmaslik” imijini saqlab qolishga intilmoqda.
“Elitalar frontga oddiy odamlarni yuboradi, lekin o‘z farzandlarini emas”, — dedi diplomat.
Miroshnik topshirilgan jasadlar “dengizdan tomchi” ekanini qayd etib, gumanitar masalalarni hal qilishda xalqaro tashkilotlar faolroq ishtirok etishiga umid bildirdi.