https://oz.sputniknews.uz/20251006/irkutsk-ozbekiston-taqsimlash-logistika-markazi-52486850.html
Irkutskda O‘zbekiston tovarlari uchun taqsimlash logistika markazi paydo bo‘lishi mumkin
Irkutskda O‘zbekiston tovarlari uchun taqsimlash logistika markazi paydo bo‘lishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Irkutsk viloyatida O‘zbekiston tovarlari uchun taqsimlash logistika majmuasi paydo bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston delegatsiyasi “Irkutsk viloyati taraqqiyot korporatsiyasi” AJda ham samarali muzokaralar olib bordi, ushbu Rossiya mintaqasida O‘zbekiston tovarlari uchun taqsimlash logistika majmuasini qurish bo‘yicha istiqbolli loyiha batafsil muhokama qilindi.
2025-10-06T11:12+0500
2025-10-06T11:12+0500
2025-10-06T11:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
irkutsk
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/05/52478197_0:126:1117:754_1920x0_80_0_0_c5a6bf0fc021c560f17e2e7cbf8ac720.jpg
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiyaning Irkutsk viloyatida O‘zbekiston tovarlari uchun taqsimlash logistika majmuasi paydo bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi “Dunyo” AA.Andijon viloyati delegatsiyasi Irkutsk ishbilarmon doiralari rahbariyati va vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Andijon viloyatida chet el kapitalini jalb qilish uchun iqtisodiy zonalar tashkil etilgani, soliq va bojxona imtiyozlari mavjud ekani ta’kidlandi.Joriy yilning dekabrida Irkutsk viloyati va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida “Mening biznesim” mintaqaviy markazi negizida biznes uchrashuvlar rejalashtirilgan.Gap qishloq xo‘jaligi, ta’lim va turizm sohasidagi hamkorlik haqida ham bordi.Muzokaralar yakunida Irkutsk kompaniyalari va Andijon viloyati hokimligi vakillari o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolashdi.Hamkorlik to‘g‘risida Sibir o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va “Biznikilarni bil” tanlovi sovrindori "Dikaya Sibir" kompaniyasi hamda ichimliklar ulgurji savdosiga ixtisoslashgan "Sibatr" va "Vashi produkti” kompaniyalari bilan kelishib olindi.Rivojlanish korporatsiyasi bosh direktori Anastasiya Oborotovaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu markazni yaratish har ikki tomonning manfaatlariga mos keladi.Delegatsiya a’zolari “Medtexservis” MChJ korxonasiga ham tashrif buyurishdi. U qondagi glyukozani nazorat qilish sohasida keng ko‘lamli texnologik va ilmiy vakolatlarga ega va Rossiyada “Djimeyt Layf” glyukometrlari uchun diabetik test chiziqlarining to‘liq turkumini ishlab chiqaruvchi birinchi korxona hisoblanadi.Tomonlar Andijon viloyati hududida bu Irkutsk kompaniyasining mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250413/omsk-fargona-logistika-markaz-48863957.html
o‘zbekiston
irkutsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/05/52478197_0:26:970:754_1920x0_80_0_0_d57b5cfeb57ac12a8ee81e75d0159733.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
irkutsk o‘zbekiston tovarlari taqsimlash logistika markazi
irkutsk o‘zbekiston tovarlari taqsimlash logistika markazi
Irkutskda O‘zbekiston tovarlari uchun taqsimlash logistika markazi paydo bo‘lishi mumkin
Shuningdek, tomonlar qishloq xo‘jaligi, ta’lim va turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi, bir qator hujjatlarni imzolash va biznes uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiyaning Irkutsk viloyatida O‘zbekiston tovarlari uchun taqsimlash logistika majmuasi paydo bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
Andijon viloyati delegatsiyasi Irkutsk ishbilarmon doiralari rahbariyati va vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Andijon viloyatida chet el kapitalini jalb qilish uchun iqtisodiy zonalar tashkil etilgani, soliq va bojxona imtiyozlari mavjud ekani ta’kidlandi.
“Yaqin kelajakda Irkutsk viloyati hukumati va Andijon viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda, bu, shubhasiz, mintaqalarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga yangi turtki beradi”, — dedi Irkutsk viloyati gubernatorining birinchi o‘rinbosari Roman Kolesov.
Joriy yilning dekabrida Irkutsk viloyati va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida “Mening biznesim” mintaqaviy markazi negizida biznes uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Gap qishloq xo‘jaligi, ta’lim va turizm sohasidagi hamkorlik haqida ham bordi.
Muzokaralar yakunida Irkutsk kompaniyalari va Andijon viloyati hokimligi vakillari o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolashdi.
Hamkorlik to‘g‘risida Sibir o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va
“Biznikilarni bil” tanlovi sovrindori "Dikaya Sibir" kompaniyasi hamda ichimliklar ulgurji savdosiga ixtisoslashgan "Sibatr" va "Vashi produkti” kompaniyalari bilan kelishib olindi.
“O‘zbekiston delegatsiyasi “Irkutsk viloyati taraqqiyot korporatsiyasi” AJda ham samarali muzokaralar olib bordi, ushbu Rossiya mintaqasida O‘zbekiston tovarlari uchun taqsimlash logistika majmuasini qurish bo‘yicha istiqbolli loyiha batafsil muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.
Rivojlanish korporatsiyasi bosh direktori Anastasiya Oborotovaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu markazni yaratish har ikki tomonning manfaatlariga mos keladi.
“Biz ushbu loyihada o‘zaro manfaatlarni ko‘rmoqdamiz. Irkutsk viloyati uchun bu yetkazib berishni diversifikatsiya qilish va bozorni to‘yintirish, Andijon viloyati uchun Sharqiy Sibirga eksportning o‘sishi kafolati”, - dedi u.
Delegatsiya a’zolari “Medtexservis” MChJ korxonasiga ham tashrif buyurishdi. U qondagi glyukozani nazorat qilish sohasida keng ko‘lamli texnologik va ilmiy vakolatlarga ega va Rossiyada “Djimeyt Layf” glyukometrlari uchun diabetik test chiziqlarining to‘liq turkumini ishlab chiqaruvchi birinchi korxona hisoblanadi.
Tomonlar Andijon viloyati hududida bu Irkutsk kompaniyasining mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.