https://oz.sputniknews.uz/20250828/yangi-aeroport-qurilish-bitkazilish-51564227.html
Toshkentda yangi aeroport qurib bitkazildi
Toshkentda yangi aeroport qurib bitkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi aeroport Yangi Toshkent shahri uchun muhim transport xabiga aylanadi. 28.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-28T10:45+0500
2025-08-28T10:45+0500
2025-08-29T12:53+0500
o‘zbekiston
jamiyat
prezident
shavkat mirziyoyev
toshkent
yangi toshkent
samolet boeing 737
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1c/51567908_0:14:1280:734_1920x0_80_0_0_6f43698071bdaf5ba21527a078b58645.jpg
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida barpo etilgan yangi aeroportni borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.“Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizidagi biznes aviatsiyasi majmuasi bo‘lib, uning qurilishi 2017-yilda boshlangan edi. Aeroportning umumiy maydoni 561 gektardan iborat. 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi va 3 ta harakatlanish yo‘li yangilanib, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi. 20 ta "havo kemasi"ga mo‘ljallangan perron barpo etildi. “Boeing 787”, “A 320” kabi samolyotlar, biznes-jetlar hamda vertolotlar uchun angarlar qurildi. Bu ularning qishda iliq, yozda salqin saqlanishi va xavfsizligini ta’minlaydi.Aeroportda VIP va CIP terminallar bunyod etilgan. Oliy martabali mehmonlar zalida rasmiy kutib olish, muzokaralar va brifing o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Soatiga 100 nafar yo‘lovchini qabul qilish quvvatiga ega CIP terminalida do‘kon va ovqatlanish joylari bo‘ladi.Muhimi, aeroport ICAO III-A toifasidagi ilg‘or radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Bu noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish va qo‘nish imkonini beradi.Prezident shu yerda jamoat faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250802/toshkent-viloyati-xalqaro-aeroport-51006274.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1c/51567908_63:0:1200:853_1920x0_80_0_0_7e43dc35864a11268eb91b291785ac44.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi aeroport toshkent - sharqiy aerodrom shavkat mirziyoyev biznes aviatsiyasi majmuasi vip cip terminali boeing 787, a320 samolyotlar poytaxt transport xabi xalqaro tashriflar xorijiy investitsiyalar aeroport infratuzilmasi
yangi aeroport toshkent - sharqiy aerodrom shavkat mirziyoyev biznes aviatsiyasi majmuasi vip cip terminali boeing 787, a320 samolyotlar poytaxt transport xabi xalqaro tashriflar xorijiy investitsiyalar aeroport infratuzilmasi
Toshkentda yangi aeroport qurib bitkazildi
10:45 28.08.2025 (yangilandi: 12:53 29.08.2025) Yangi aeroport Yangi Toshkent shahri uchun muhim transport xabiga aylanadi.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida barpo etilgan yangi aeroportni borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
“Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizidagi biznes aviatsiyasi majmuasi bo‘lib, uning qurilishi 2017-yilda boshlangan edi.
Aeroportning umumiy maydoni 561 gektardan iborat. 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi va 3 ta harakatlanish yo‘li yangilanib, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi. 20 ta "havo kemasi"ga mo‘ljallangan perron barpo etildi. “Boeing 787”, “A 320” kabi samolyotlar, biznes-jetlar hamda vertolotlar uchun angarlar qurildi. Bu ularning qishda iliq, yozda salqin saqlanishi va xavfsizligini ta’minlaydi.
Aeroportda VIP va CIP terminallar bunyod etilgan. Oliy martabali mehmonlar zalida rasmiy kutib olish, muzokaralar va brifing o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Soatiga 100 nafar yo‘lovchini qabul qilish quvvatiga ega CIP terminalida do‘kon va ovqatlanish joylari bo‘ladi.
Muhimi, aeroport ICAO III-A toifasidagi ilg‘or radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Bu noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish va qo‘nish imkonini beradi.
Prezident shu yerda jamoat faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.
"Ko‘p yil tayyorgarlik qilib, mana shunday aeroport qurdik. Bu ham davlatchilikning yana bir zamini. Bu yerda yurtimizga keladigan mehmonlar va samolyotlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatiladi. Natijada Toshkent xalqaro aeroportiga yuklama yengillashadi. Xudo xohlasa, u aeroport uchun ham boshqa joyda ulkan majmua qurishni rejalashtirganmiz. Umuman, hamma hududlarimizda katta-katta loyihalarni boshlaganmiz. Ilohim, tinchligimizga ko‘z tegmasin, yangi inshootlar, farovonlik xalqimizga buyursin", – dedi prezident.