Yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida qanday baholanadi – tafsilotlar
© Sputnik / Baxrom XatamovAvtomobilnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun to‘plagan har bir ballari ularga SMS xabar yuborish orqali ogohlantiriladi.
TOShKENT, 21 mar – Sputnik. O‘zbekiston hukumatining “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, jarima ballari haydovchilarga nisbatan faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi.
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.
12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida, keyingi davrda yo‘l harakati qoidalarini birinchi marta buzganligi uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi.
Haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima bali hisoblangan vaqtdan boshlab, ular 6 oy davomida yo‘l harakati qoidabuzarliklariga doir boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan taqdirda, uning umumiy jarima ballaridan ikki jarima balli ayirib tashlanadi.
Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.
Haydovchilar o‘zining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni “E-jarimaball” moduli va maxsus mobil ilova hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oladi.
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun to‘plagan har bir ballari ularga SMS xabar yuborish orqali ogohlantiriladi.
Jarima ballari asosida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning elektron ma’lumotlar bazasi joriy etiladi.
Qaror 2025-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kiradi.
Qaysi qoidabuzarlik uchun qancha jarima ballari beriladi?
Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va ruxsatnomasiz qoraytirilgan oynali transport vositalaridan foydalanganlik uchun 0,5 ball beriladi.
© regulation.adliya.uzProyekt o shtrafnix ballax voditelyam za narusheniya pravil dorojnogo dvijeniya

Proyekt o shtrafnix ballax voditelyam za narusheniya pravil dorojnogo dvijeniya
© regulation.adliya.uz
Shuningdek:
belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 0,5 ball;
belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p, 40 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 1 ball;
belgilangan harakat tezligini 40 km/soatdan ko‘p, 60 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 1,5 ball;
belgilangan harakat tezligini 60 km/soatdan ko‘p, 80 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 2 ball beriladi.
© regulation.adliya.uzProyekt o shtrafnix ballax voditelyam za narusheniya pravil dorojnogo dvijeniya

Proyekt o shtrafnix ballax voditelyam za narusheniya pravil dorojnogo dvijeniya
© regulation.adliya.uz
Shu bilan birga, haydovchilar svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tishiga 1 ball beriladi.
Bundan tashqari, haydovchilarning yo‘lning qarama-qarshi tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lsa 2 ball beriladi.
YTH qatnashchilarining hodisa yuz bergan joydan ketib qolishiga ham 2 jarima balli beriladi.
© regulation.adliya.uzProyekt o shtrafnix ballax voditelyam za narusheniya pravil dorojnogo dvijeniya

Proyekt o shtrafnix ballax voditelyam za narusheniya pravil dorojnogo dvijeniya
© regulation.adliya.uz
2023 yil 23-noyabrda Qonunchilik palatasi deputatlari qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini yozish tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi. Senat esa 2025-yilga kelib qonunni ma’qullagan.