https://oz.sputniknews.uz/20250317/sanepidqomita-aholi-oiv-infektsiya-48454043.html
Sanepidqo‘mita aholini OIV infeksiyasiga oid asossiz xabarlarga e’tibor bermaslikka chaqirdi
Sanepidqo‘mita aholini OIV infeksiyasiga oid asossiz xabarlarga e’tibor bermaslikka chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish uchun bepul aksiya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Sanepidqo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
2025-03-17T16:13+0500
2025-03-17T16:13+0500
2025-03-17T16:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi (sanepidqo‘mita)
oits
oiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/459/08/4590843_0:127:3189:1921_1920x0_80_0_0_618599c1470428fe0e9c2f02fe0520c1.jpg.webp
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish uchun bepul aksiya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Sanepidqo‘mita axborot xizmati xabar berdi. Xabarga ko‘ra, OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda profilaktik targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda. Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad: Shuningdek, tibbiyot xodimlari o‘rtasida ham o‘qitish ishlari olib borilmoqda hamda sohaga oid amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, OIV infeksiyasi aniqlangan fuqaro o‘z statusini bila turib boshqa fuqaroni yuqish xavfi ostida qoldirishi yoki unga OIV/OITS kasalligini yuqtirgani aniqlangan holatda 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Fuqaro sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunining 45-moddasiga muvofiq, fuqaroning tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, kasalligiga qo‘yilgan tashxis hamda uni tekshirish va davolash davomida olingan boshqa ma’lumotlar shifokor siri hisoblanadi.Rossiya va O‘zbekistonning sanitar-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi loyihalari — video
https://oz.sputniknews.uz/20231127/oiv-infektsiyasi-qaysi-holatlar-orqali-yuqish-41275342.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/459/08/4590843_229:0:2960:2048_1920x0_80_0_0_d458ca537d4204f69a8b7b1565423a72.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oiv infeksiyasi sanepidqo‘mita oitsga qarshi kurashish markazi oits vich/spid
oiv infeksiyasi sanepidqo‘mita oitsga qarshi kurashish markazi oits vich/spid
Sanepidqo‘mita aholini OIV infeksiyasiga oid asossiz xabarlarga e’tibor bermaslikka chaqirdi
OIV infeksiyasi tushunchasini chuqurroq singdirish maqsadida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish uchun bepul aksiya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Sanepidqo‘mita axborot xizmati
xabar berdi. Xabarga ko‘ra, OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda profilaktik targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda.
Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad:
aholi o‘rtasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish;
aholi salomatligini muhofaza qilish;
ushbu kasallik bo‘yicha tibbiy madaniyat va tushunchani oshirish.
“OIV infeksiyasi tushunchasini chuqurroq singdirish maqsadida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’ruzalar, davra suhbatlari, yakka tartibdagi anonim do‘stona suhbatlar, shuningdek, aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish uchun bepul aksiya tadbirlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari o‘rtasida ham o‘qitish ishlari olib borilmoqda hamda sohaga oid amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Respublika OITSga qarshi kurashish markazi turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan OIV infeksiyasiga oid asossiz va norasmiy ma’lumotlarga e’tibor bermasligingiz so‘rab qoladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, OIV infeksiyasi aniqlangan fuqaro o‘z statusini bila turib boshqa fuqaroni yuqish xavfi ostida qoldirishi yoki unga OIV/OITS kasalligini yuqtirgani aniqlangan holatda 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Fuqaro sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunining 45-moddasiga muvofiq, fuqaroning tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, kasalligiga qo‘yilgan tashxis hamda uni tekshirish va davolash davomida olingan boshqa ma’lumotlar shifokor siri hisoblanadi.