Fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxati kengayishi mumkin

© AP Photo / Mary AltafferAmerikanskie flagi u zdaniya Nyu-Yorkskoy fondovoy birji
Amerikanskie flagi u zdaniya Nyu-Yorkskoy fondovoy birji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2025
Obuna bo‘lish
Fuqarolari AQShga kirishi qat’iyan man etiladigan davlatlar qatoriga Afg‘onistonni qo‘shish taklif qilinmoqda.
TOShKENT, 7-mart — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati fuqarolari Shtatlarga kirishi taqiqlangan mamlakatlarning yangi ro‘yxatini tayyorlamoqda, bu safar unda Afg‘oniston ham bo‘lishi mumkin, deb yozadi “New York Times” xabardor rasmiylarga tayanib.
“Tramp ma’muriyati ma’lum mamlakatlar fuqarolari uchun AQShga sayohat qilish bo‘yicha yangi taqiq ishlarini yakunlamoqda, bu ro‘yxat Tramp o‘zining birinchi muddatida kiritganidan ham kengroq bo‘ladi”, — deb yozadi nashr.
Rasmiylardan birining aytishicha, taklif etilayotgan “qizil ro‘yxat” hozirda asosan ro‘yxatning birinchi versiyasida bo‘lgan davlatlardan iborat. Ular orasida Kuba, Eron, Liviya, KXDR, Somali, Sudan, Suriya, Venesuela va Yaman bor. Boshqa bir manbaga ko‘ra, fuqarolari AQShga kirishi qat’iyan man etiladigan guruhga Afg‘onistonni qo‘shish oldindan taklif qilinmoqda.
Sentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2025
Lavrov mehnat migrantlari uchun viza joriy qilinishiga qarshi chiqdi
Yangiliklar lentasi
0