O‘zbekiston va Malayziya bojxona sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishTamojenniy post
Tamojenniy post - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2025
Obuna bo‘lish
Bojxona qo‘mitasi raisi Malayziya qirollik bojxona departamenti bosh direktori bilan uchrashdi.
TOShKENT, 5-mart — Sputnik. Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Malayziya qirollik bojxona departamentiga kinologiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi, deya xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.
Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Kuala-Lumpurda Malayziya qirollik bojxona departamenti bosh direktori Anis Rizana Mondi xonim bilan uchrashdi.
Bojxona qo‘mitasi raisi quyidagi takliflarni ilgari surdi:
Bojxona instituti bilan Malayziya qirollik bojxona akademiyasi o‘rtasida faol aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekistonda malayziyalik sayyohlar uchun ziyorat turizmini yanada rivojlantirish;
kinologiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
kelgusida vakolatli iqtisodiy operatorlarni o‘zaro tan olish.
Qayd etiishicha, yil boshidan buyon O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi 36 foizga oshib, salkam 20 mln dollarni tashkil qildi.
O‘zbekistondan Malayziyaga asosan meva-sabzavot, mineral o‘g‘itlar eksport qilingan bo‘lsa, ushbu davlatdan O‘zbekistonga o‘simlik yog‘ilari, qahva, choy va ziravorlar, kimyo sanoati va oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan.
“Mavjud imkoniyatlar va salohiyat inobatga olinsa, bu ko‘rsatkichlar yetarli emas. O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida savdo va tranzit yo‘nalishlarini rivojlantirishda geografik joylashuv va transport infratuzilmasi, shuningdek, logistika imkoniyatlari katta ahamiyatga ega. Shu boisdan o‘zaro tashqi savdoni yanada rag‘batlantirish uchun ham bojxona sohasidagi hamkorlikka zarurat mavjud”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
o‘zaro hamkorlik istiqbollari va yo‘nalishlarini belgilab olish;
bojxonani raqamlashtirish va sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish;
bojxona xodimlari uchun turli o‘quv malaka oshirish kurslarini tashkil qilish.
Aytilishicha, tomonlar uchrashuv yakunlari bo‘yicha qator hujjatlarni imzolashdi. Malayziya bojxona xizmati rahbari O‘zbekistonga taklif qilindi.
Sovmestno s malaziyskimi turkompaniyami budut razrabotani novie marshruti Umra plyus  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2025
Malayziya bilan hamkorlikda yangi “Umra plyus” yo‘nalishlari ishlab chiqiladi
Yangiliklar lentasi
0