Prezident Rossiya delegatsiyasini qabul qildi — qanday masalalar muhokama etildi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF.
Prezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Obuna bo‘lish
Amaliy hamkorlikni qurilish tarmog‘ida va hududlarni rivojlantirish sohasida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 1 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon Mirziyoyevga Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumati raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF.
Prezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Prezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF.
Rossiya yetakchisining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni, shu jumladan qurilish tarmog‘ida va hududlarni rivojlantirish sohasida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF.
Prezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Prezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF.
Qurilish sohasida keng ko‘lamli kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat tashkilotlari va kompaniyalari ishtirokida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, qurilish materiallari va uskunalar yetkazib berish shunday loyihalar jumlasidan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF.
Prezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Prezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF.
Ulushli qurilish, loyihalashtirish, ekspertiza, raqamlashtirish va davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2025
O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashishda tajriba almashadi
Yangiliklar lentasi
0