Velosport: Samira Ismoilova Osiyo chempionatida jahon rekordini o‘rnatdi

© NOKV Malayzii zavershilsya chempionat Azii po velotreku sredi molodoji i vzroslix.
V Malayzii zavershilsya chempionat Azii po velotreku sredi molodoji i vzroslix.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida 3 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Velosportchi Samira Ismoilova Malayziyadagi Osiyo chempionatida Osiyo va jahon rekordini o‘rnatdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Malayziyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar yuqori natijalarni qayd etib, 3 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
“Samira Ismoilova mazkur musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylandi. Ismoilova turnir davomida 2 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqish barobarida yakkalik ta’qib poygasi dasturidagi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va jahon rekordini ham o‘rnatdi”, — deyilgan xabarda.
Ismoilova 3000 metr masofani 3:46.800 daqiqada bosib o‘tgan.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal: kattalar — Dmitriy Bocharov, skretch, yoshlar — Samira Ismoilova, omnium, yoshlar — Samira Ismoilova, yakkalik ta’qib poygasi (Osiyo va jahon rekordi);
Bronza medal: yoshlar — Samira Ismoilova, ochkolar uchun guruh poygasi, yoshlar — Samira Ismoilova va Nadejda Barteneva, juftlik medison, kattalar — Asal Rizayeva va Nafosat Koziyeva, juftlik medison, kattalar — Nafosat Koziyeva, omnium, kattalar — Nafosat Koziyeva, ochkolar uchun guruh poygasi.
Malayziya prinimayet chempionat Azii po velotreku sredi molodoji i vzroslix.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2025
Velosport: o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida 2 ta oltin medalga ega chiqishdi
Yangiliklar lentasi
0