https://oz.sputniknews.uz/20250128/mirziyoev-turkmaniston-tashqi-ishlar-vazir-47726291.html
Mirziyoyev Turkmaniston tashqi ishlar vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
Mirziyoyev Turkmaniston tashqi ishlar vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1,1 mlrd dollardan oshdi. 28.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-28T09:45+0500
2025-01-28T09:45+0500
2025-01-28T10:23+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkmaniston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1c/47726422_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_1f439f54e062f5b6a25313a57a0d61ea.jpg.webp
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Qayd etilishicha, Rashid Meredov navbatdagi O‘zbekiston-Turkmaniston siyosiy maslahatlashuvlari doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.Suhbat davomida O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Qayd etilishicha, tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilda 1,1 milliard dollardan oshdi. "Shovot-Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasi birgalikda barpo etilmoqda.Sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va suvdan foydalanish sohalarida yaqin va o‘zaro manfaatli hamkorlik davom ettirilmoqda. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.Quyidagilarga e’tibor qaratildi:Shuningdek, xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
https://oz.sputniknews.uz/20241231/mirziyoev-berdimuhamedov-nazarboev-telefon-suhbat-47401324.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1c/47726422_44:0:1181:853_1920x0_80_0_0_7e8e9b6c66216ecc372081f56249bab7.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, turkmaniston, shavkat mirziyoyev
siyosat, o‘zbekiston, turkmaniston, shavkat mirziyoyev
Mirziyoyev Turkmaniston tashqi ishlar vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
09:45 28.01.2025 (yangilandi: 10:23 28.01.2025) O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1,1 mlrd dollardan oshdi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Rashid Meredov navbatdagi O‘zbekiston-Turkmaniston siyosiy maslahatlashuvlari doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilda 1,1 milliard dollardan oshdi. "Shovot-Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasi birgalikda barpo etilmoqda.
Sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va suvdan foydalanish sohalarida yaqin va o‘zaro manfaatli hamkorlik davom ettirilmoqda. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.
“Toshkent shahrida Gurbanguli Berdimuhamedovning "Hakyda göwheri" ("Tafakkur gavhari") nomli yangi kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti o‘tkazilgani uchun Turkmaniston rahbariyati nomidan O‘zbekiston yetakchisiga chuqur minnatdorlik izhor etildi”, — deyilgan xabarda.
Quyidagilarga e’tibor qaratildi:
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning yangi keng qamrovli kun tartibini shakllantirish;
bo‘lajak oliy darajadagi tashriflar;
mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi sammitlarga tayyorgarlik ko‘rish.
Shuningdek, xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.