https://oz.sputniknews.uz/20250127/eoii-yutuqlar-sergey-lavrov-47701011.html
YeOII qanday yutuqlarga erishdi — Sergey Lavrov javobi
YeOII qanday yutuqlarga erishdi — Sergey Lavrov javobi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining asosiy yutuqlari haqida gapirdi. 27.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-27T15:24+0500
2025-01-27T15:24+0500
2025-01-27T15:24+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
dunyo yangiliklari
dunyoda
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0e/47552592_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_08fa1adc8d036965fe0344e16b185aa2.jpg.webp
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) kelajagi, albatta, ijobiy va optimistik ko‘rinishga ega, deya ishonch bildirdi. Diplomat Ittifoqning 10-yil davomida erishgan yutuqlari haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, YeOII iqtisodiy yo‘naltirilgan muvaffaqiyatli mintaqaviy integratsion birlashma bo‘lib, uning maqsadlaridan biri ishtirokchi mamlakatlar aholisi farovonligini oshirishdan iborat. Rossiya TIV rahbari YeOII doirasida faoliyat yurituvchi “to‘rtta erkinlik” (tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi) kabi muhim jihatga e’tibor qaratdi. Shu munosabat bilan, Ittifoqqa a’zo har qanday davlat rezidentlari Ittifoq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tovarlar yoki xizmatlarni jozibador narxda va jiddiy burokratik va vaqt sarflarisiz sotib olishlari mumkin. Lavrov, shuningdek, tashkilot faoliyatining 10-yili davomida Ittifoqqa a’zo davlatlar aholisi o‘ta muhim mahsulotlar taqchilligiga deyarli duch kelmaganini eslatdi. Qo‘shma kooperatsiyani rivojlantirish doirasida yangi korxonalar va ish o‘rinlari yaratilmoqda. 2024-yil noyabr oyining oxiriga kelib Ittifoqdagi ishsizlik darajasi 18,1 foizga kamaydi, ishsizlar soni esa mehnatga layoqatli aholining atigi 0,7 foizini tashkil etdi. O‘rtacha oylik real ish haqi hajmi doimiy ravishda oshib bormoqda. Ayni paytda savdoni liberallashtirish bo‘yicha yangi hujjatlar loyihalari kelishib olinmoqda. Ushbu vosita Ittifoq korxonalari uchun uchinchi mamlakatlar bozorlariga kirishni ochib beradi, shuningdek, Ittifoq bozorini zarur tovarlar bilan to‘ldirish imkonini beradi. “YeOII kelajagi, shubhasiz, ijobiy va optimistik ko‘rinishga ega. Tashkilotning strategik hujjatlarida ulkan maqsadlar qo‘yilgan va biz ularga intilamiz, birinchi navbatda, bizning tarixiy umumiy makonimizda ro‘y berayotgan integratsiya jarayonlarining barcha foyda va afzalliklarini o‘z kundalik hayotida amalda his qilishi kerak bo‘lgan fuqarolar manfaati uchun”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
https://oz.sputniknews.uz/20250121/ozbekiston-eoii-tashqi-savdo-47642525.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0e/47552592_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_6a082b529b156c59525750bf2a2c6f86.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, dunyo yangiliklari, dunyoda, sergey lavrov
yeoii, dunyo yangiliklari, dunyoda, sergey lavrov
YeOII qanday yutuqlarga erishdi — Sergey Lavrov javobi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining asosiy yutuqlari haqida gapirdi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) kelajagi, albatta, ijobiy va optimistik ko‘rinishga ega, deya
ishonch bildirdi. Diplomat Ittifoqning 10-yil davomida erishgan yutuqlari haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, YeOII iqtisodiy yo‘naltirilgan muvaffaqiyatli mintaqaviy integratsion birlashma bo‘lib, uning maqsadlaridan biri ishtirokchi mamlakatlar aholisi farovonligini oshirishdan iborat.
“Buni Ittifoq ichidagi ijobiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘rsatadi (masalan, 2024-yilning uch choragida Ittifoqning umumiy yalpi ichki mahsuloti 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,2 foizga o‘sdi). Bularning barchasi, albatta, fuqarolarning turmush darajasiga ta’sir qiladi”, — dedi Lavrov.
Rossiya TIV rahbari YeOII doirasida faoliyat yurituvchi “to‘rtta erkinlik” (tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi) kabi muhim jihatga e’tibor qaratdi. Shu munosabat bilan, Ittifoqqa a’zo har qanday davlat rezidentlari Ittifoq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tovarlar yoki xizmatlarni jozibador narxda va jiddiy burokratik va vaqt sarflarisiz sotib olishlari mumkin.
Lavrov, shuningdek, tashkilot faoliyatining 10-yili davomida Ittifoqqa a’zo davlatlar aholisi o‘ta muhim mahsulotlar taqchilligiga deyarli duch kelmaganini eslatdi.
“Shu bilan birga, YeOII a’zo davlatlar fuqarolariga tashkilotning istalgan davlatida erkin harakatlanish, ish topish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish va ijtimoiy ta’minot olish imkoniyatini beradi”, — ta’kidladi Lavrov.
Qo‘shma kooperatsiyani rivojlantirish doirasida yangi korxonalar va ish o‘rinlari yaratilmoqda. 2024-yil noyabr oyining oxiriga kelib Ittifoqdagi ishsizlik darajasi 18,1 foizga kamaydi, ishsizlar soni esa mehnatga layoqatli aholining atigi 0,7 foizini tashkil etdi. O‘rtacha oylik real ish haqi hajmi doimiy ravishda oshib bormoqda.
Ayni paytda savdoni liberallashtirish bo‘yicha yangi hujjatlar loyihalari kelishib olinmoqda. Ushbu vosita Ittifoq korxonalari uchun uchinchi mamlakatlar bozorlariga kirishni ochib beradi, shuningdek, Ittifoq bozorini zarur tovarlar bilan to‘ldirish imkonini beradi.
“YeOII kelajagi, shubhasiz, ijobiy va optimistik ko‘rinishga ega. Tashkilotning strategik hujjatlarida ulkan maqsadlar qo‘yilgan va biz ularga intilamiz, birinchi navbatda, bizning tarixiy umumiy makonimizda ro‘y berayotgan integratsiya jarayonlarining barcha foyda va afzalliklarini o‘z kundalik hayotida amalda his qilishi kerak bo‘lgan fuqarolar manfaati uchun”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.