https://oz.sputniknews.uz/20250124/toshkentdagi-maktablardan-birida-sil-kasalligi-aniqlandi-47681073.html
Toshkentdagi maktablardan birida sil kasalligi aniqlandi
Toshkentdagi maktablardan birida sil kasalligi aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Bemor Toshkent shahar bolalar sil kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan. U bilan aloqada bo‘lgan barcha shaxslar profilaktik tekshiruvdan o‘tkazilgan. 24.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-24T15:59+0500
2025-01-24T15:59+0500
2025-01-24T16:13+0500
toshkent
shifokor
shifokorlar tavsiyasi
shifoxona
bemorlar
sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi (sanepidqo‘mita)
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/11/47590492_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_40f895bcd57f1c70e419d8fdfc39f244.jpg.webp
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 59-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi M.S. 2024-yilning 26-dekabrida Toshkent shahar 3-son ftiziatriya dispanseriga murojaat qilgan. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda. Bemorning opasi M.D.ning so‘zlariga ko‘ra, singlisi M.S. so‘nggi oylarda tez-tez betob bo‘lgan. Davolanish uchun faqat xususiy klinikaga murojaat qilgan. Oxirgi marta LOR-shifokor ko‘rigidan keyin 3-son ftiziatriya dispanseriga yuborilgan.M.S. bilan uyda muloqotda bo‘lgan 6 kishi (2 nafari 6 yoshgacha bolalar) 2024-yil 27-dekabrda 3-son ftiziatriya dispanserida rentgen tekshiruvidan o‘tkazilgan va ularda faol sil kasalligi aniqlanmagan.Shuningdek, M.S. bilan muloqotda bo‘lgan 59-sonli maktab va bemor qo‘shimcha darsga qatnagan xususiy o‘quv maktabi o‘quvchilari va o‘qituvchilari 3-son ftiziatriya dispanserida rentgenografiya va diaskin test tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.Tekshiruvlar davomida 1 nafar o‘quvchi (2008 yilda tug‘ilgan A.A., bemor M.S.ning yaqin dugonasi)da “O‘ng o‘pka yuqori bo‘lagi o‘choqli sili” BK abs aniqlanib, u shifoxonaga yotqizilgan.Shuningdek, 3 nafar o‘quvchi — A.A., R.M. va E.D. va 1 nafar o‘qituvchi B.U.larda kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boshlangan.Ushbu holat va aniqlangan kamchiliklarlar yuzasidan Sanitariya epidemiologik qo‘mitasi tomonidan 59-sonli umumta’lim maktabi direktoriga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20241030/tuberkulyoz-jsst-46387802.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/11/47590492_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_6b231813c185bc15f828b644d0a1270e.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, shifokor, shifokorlar tavsiyasi, shifoxona, bemorlar, sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi (sanepidqo‘mita) , jamiyat
toshkent, shifokor, shifokorlar tavsiyasi, shifoxona, bemorlar, sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi (sanepidqo‘mita) , jamiyat
Toshkentdagi maktablardan birida sil kasalligi aniqlandi
15:59 24.01.2025 (yangilandi: 16:13 24.01.2025) Bemor Toshkent shahar bolalar sil kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan. U bilan aloqada bo‘lgan barcha shaxslar profilaktik tekshiruvdan o‘tkazilgan.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 59-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi M.S. 2024-yilning 26-dekabrida Toshkent shahar 3-son ftiziatriya dispanseriga murojaat qilgan. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Bemorning opasi M.D.ning so‘zlariga ko‘ra, singlisi M.S. so‘nggi oylarda tez-tez betob bo‘lgan. Davolanish uchun faqat xususiy klinikaga murojaat qilgan. Oxirgi marta LOR-shifokor ko‘rigidan keyin 3-son ftiziatriya dispanseriga yuborilgan.
Dispanserda o‘tkazilgan rentgenografiya tekshiruvi natijasida unga “O‘ng o‘pka yuqori bo‘lagi yallig‘langan sili, yemirilish davri, BK +” tashxisi qo‘yilgan va bemor darhol Toshkent shahar bolalar sil kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.
M.S. bilan uyda muloqotda bo‘lgan 6 kishi (2 nafari 6 yoshgacha bolalar) 2024-yil 27-dekabrda 3-son ftiziatriya dispanserida rentgen tekshiruvidan o‘tkazilgan va ularda faol sil kasalligi aniqlanmagan.
Shuningdek, M.S. bilan muloqotda bo‘lgan 59-sonli maktab va bemor qo‘shimcha darsga qatnagan xususiy o‘quv maktabi o‘quvchilari va o‘qituvchilari 3-son ftiziatriya dispanserida rentgenografiya va diaskin test tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.
Tekshiruvlar davomida 1 nafar o‘quvchi (2008 yilda tug‘ilgan A.A., bemor M.S.ning yaqin dugonasi)da “O‘ng o‘pka yuqori bo‘lagi o‘choqli sili” BK abs aniqlanib, u shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, 3 nafar o‘quvchi — A.A., R.M. va E.D. va 1 nafar o‘qituvchi B.U.larda kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boshlangan.
Ushbu holat va aniqlangan kamchiliklarlar yuzasidan Sanitariya epidemiologik qo‘mitasi tomonidan 59-sonli umumta’lim maktabi direktoriga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.