https://oz.sputniknews.uz/20250124/ozbekiston-kiberxavfsizlik-davlat-universiteti-47673693.html
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Qarorga ko‘ra, “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi. Axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
2025-01-24T10:52+0500
2025-01-24T10:52+0500
2025-01-24T10:53+0500
jamiyat
o‘zbekiston
prezident qarori
universitet
kiberxavfsizlik
ta’lim
talabalar
oliy ta’lim muassasalari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/03/44213416_0:159:3077:1889_1920x0_80_0_0_57895df7100bdc54906280cfb7cc0045.jpg.webp
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi. “Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Universitet to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatdan mustaqil bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Unda talabalarni o‘qitish davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida olib boriladi.Universitet tarkibida IT-klaster (axborot texnologiyalar parki, texnopark) tashkil etiladi va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan texnologik va innovatsion g‘oyalarga yo‘naltirilgan startap loyihalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish uning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.2025/2026 o‘quv yili uchun universitetga bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga 100 ta davlat granti ajratiladi. Bunda:Universitetda o‘quv jarayoni 2025-yil sentabr oyida boshlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250105/2025-yil-trend-top-10-kasb-oylik-47445130.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/03/44213416_173:0:2902:2047_1920x0_80_0_0_9f715b0627396decdce36fc195bb7288.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston kiberxavfsizlik universitet
o‘zbekiston kiberxavfsizlik universitet
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi
10:52 24.01.2025 (yangilandi: 10:53 24.01.2025) Universitetda o‘quv jarayoni 2025-yil sentabr oyida boshlanadi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi. “Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori
qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi. Axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Universitet to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatdan mustaqil bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Unda talabalarni o‘qitish davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida olib boriladi.
Universitet tarkibida IT-klaster (axborot texnologiyalar parki, texnopark) tashkil etiladi va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan texnologik va innovatsion g‘oyalarga yo‘naltirilgan startap loyihalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish uning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
2025/2026 o‘quv yili uchun universitetga bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga 100 ta davlat granti ajratiladi. Bunda:
ajratiladigan davlat grantlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida taqsimlanadi;
navbatdagi o‘quv yilidan boshlab davlat granti davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari asosida ajratiladi.
Universitetda o‘quv jarayoni 2025-yil sentabr oyida boshlanadi.