Senatorlar “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaSenatori obsudili Zakon "O prodovolstvennoy bezopasnosti"

© Press-slujba Senata Oliy Majlisa
Obuna bo‘lish
Mazkur qonun O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni yagona hujjatga unifikatsiya qilish va tizimlashtirish, ushbu sohadagi munosabatlarni kompleks huquqiy tartibga solishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Senatning uchinchi yalpi majlisida “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qonunning maqsadi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun normalari aholining oziqlik qimmatiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ovqatlanishini ta’minlashga, samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashosini ishlab chiqarishga nisbatan tatbiq etiladi. Qonunda oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaSenatori obsudili Zakon "O prodovolstvennoy bezopasnosti"

Senatori obsudili Zakon "O prodovolstvennoy bezopasnosti"
© Press-slujba Senata Oliy Majlisa
Xususan, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning minimal normalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari va xomashosining aylanma zaxirasini shakllantirish hamda aholini ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda va uzluksiz ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, davlat oziq-ovqat mahsulotlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaSenatori obsudili Zakon "O prodovolstvennoy bezopasnosti"

Senatori obsudili Zakon "O prodovolstvennoy bezopasnosti"
© Press-slujba Senata Oliy Majlisa
Tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, shuningdek ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti va importi o‘rtasidagi maqbul muvozanatni saqlash ham oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida vakolatli davlat organi sifatida belgilanmoqda.
Unga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashosini ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tayyorlash, oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish asosida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va rivojlantirishga doir qisqa, o‘rta hamda uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish kabi bir qator vakolatlar berilmoqda.
Shuningdek, qonunda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat tomonidan qanday choralar ko‘rilishi, oziq-ovqat balansini shakllantirish, iste’molchilarning va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda.
Mazkur qonun O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni yagona hujjatga unifikatsiya qilish va tizimlashtirish, ushbu sohadagi munosabatlarni kompleks huquqiy tartibga solishga xizmat qiladi. Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.