Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevVxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan
Vxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2025
Obuna bo‘lish
Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2025-yil yakuniga umumiy inflyatsiya 7-8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2025-yil yakuniga umumiy inflyatsiya 7-8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
2025 yilda yuqori iqtisodiy faollik hisobiga yalpi ichki mahsulot o‘sishi tendensiyasi davom etib, yil yakunida 6 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Bunda xususiy investitsiyalar ortishi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib, tovar va xizmatlar taklifining ortishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, kelgusi choraklarda jahon bozorida ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o‘sishi bo‘yicha xatarlar import narxlari orqali inflyatsiyaga oshiruvchi ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.
2025 yilning ikkinchi yarmida inflyatsiya darajasi pasayib borishi bilan real samarali almashuv kursi o‘zining o‘rta muddatli trendi darajasiga qaytishi kutilmoqda.
Pul bozoridagi foiz stavkalari va davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlilik ko‘rsatkichlari joriy pul-kredit sharoitlarining nisbatan qat’iyligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiyotdagi real foiz stavkalari aholining jamg‘arishga moyilligini kuchaytirmoqda.
Pul-kredit sharoitlari qat’iylik darajasi saqlab qolinishi natijasida kelgusida ham kreditlash hajmining o‘sishi mo‘tadil bo‘lishi va depozitlarning yuqori o‘sish sur’atlari davom etishi yalpi talabni muvozanatlashtiruvchi va monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini kamaytiruvchi xususiyatga ega bo‘ladi.
“Yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olib, o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 13,5 foiz darajasida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, - deyiladi xabarda.
O‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetigacha barqaror pasayib borishi uchun pul-kredit sharoitlarining yetarli darajada qat’iy shakllanishini ta’minlab boradi.
Iqtisodiyotdagi yalpi talab va narxlarga oshiruvchi bosimlar kelgusi choraklarda kutilganidan ko‘ra kuchayishi bo‘yicha ehtimollar va asoslar yuzaga kelgan taqdirda pul-kredit sharoitlari qat’iyligi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil 13-mart kuniga belgilangan.
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2024
Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0