https://oz.sputniknews.uz/20250122/ozbekiston-toqimachilik-tikuv-trikotaj-mahsulotlar-eksport-47647182.html
O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini oshiradi
O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi. 22.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-22T16:17+0500
2025-01-22T16:17+0500
2025-01-22T16:17+0500
o‘zbekiston
eksport
to‘qimachilik
tekstil
yangi farmon
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0d/47080482_0:105:2000:1230_1920x0_80_0_0_58287cab41d6fe0c8ccf12bdc7dc8f38.jpg.webp
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2027-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi mahsulotlar eksportini 7,0 milliard dollarga yetkazadi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, 2025–2027 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.Mahsulotlar eksportini quyidagi ko‘rsatgichlarga yetkazish nazarda tutilgan:Shuningdek, AQSh va Yevropa davlatlari bozorlariga tayyor mahsulotlar eksportini 500 million dollarga yetkazish belgilangan.Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:Shuningdek, to‘qimachilik tarmog‘ida qayta ishlashni chuqurlashtirish uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida belgilangan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi.Qolaversa, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ huzurida faktoring tashkiloti tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240710/uzbekistan-toqimachilik-mahsulotlar-eksport-44740796.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0d/47080482_111:0:1890:1334_1920x0_80_0_0_08822267f6ed78c1d36834930f8bd3a8.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, eksport, to‘qimachilik, tekstil, yangi farmon, iqtisod
o‘zbekiston, eksport, to‘qimachilik, tekstil, yangi farmon, iqtisod
O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini oshiradi
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2027-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi mahsulotlar eksportini 7,0 milliard dollarga yetkazadi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda
nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, 2025–2027 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.
Mahsulotlar eksportini quyidagi ko‘rsatgichlarga yetkazish nazarda tutilgan:
2025 yilda 4,0 milliard dollarga;
2026 yilda 5,0 milliard dollarga;
2027 yilda 7,0 milliard dollarga.
Shuningdek, AQSh va Yevropa davlatlari bozorlariga tayyor mahsulotlar eksportini 500 million dollarga yetkazish belgilangan.
Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:
ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy qilish hamda xalqaro brendlarni jalb qilish orqali jami eksportda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ulushini 70 foizga yetkazish;
ip-kalavani chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish maqsadida 5,0 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilish.
Shuningdek, to‘qimachilik tarmog‘ida qayta ishlashni chuqurlashtirish uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida belgilangan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi.
“Mahalliy mahsulot va brendlarni xalqaro “marketpleys”larda targ‘ib qilish, joylashtirish va reklama qilish bo‘yicha “Made in Uzbekistan” dasturi amalga oshiriladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Qolaversa, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ huzurida faktoring tashkiloti tashkil etiladi.