MDH mamlakatlarida “Hamdo‘stlik” xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZriteli sidat v kinoteatre
Zriteli sidat v kinoteatre - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2025
Obuna bo‘lish
Kinofestival har ikki yilda bir marta har bir respublikada o‘tkaziladi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlar “Hamdo‘stlik” xalqaro kinofestivalini tashkil etish niyatida, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tegishli hujjatlar loyihalari Minskdagi ekspertlar guruhi yig‘ilishida muhokama qilindi. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Hujjatlar Hamdo‘stlik mamlakatlari madaniy hamkorlik kengashi topshirig‘iga ko‘ra kinematografiya bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan. Yig‘ilishda ekspertlar ularni yakunlab, kelishib olishdi.
“MDH davlatlarining “Hamdo‘stlik” xalqaro kinofestivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom loyihasini belgilangan tartibda MDH Hukumat rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, MDH doirasida maxsus sovrinli kinofestivalni tashkil etish tashabbusi Qozog‘iston tomoni tomonidan ilgari surilgan edi. Nizom loyihasida kinofestival MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida kinematografiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, milliy kino sanoati yutuqlarini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgani qayd etilgan.
Kinofestival har ikki yilda bir marta har bir respublikada o‘tkaziladi. Birinchi kinofestival Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0