Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi — batafsil
09:40 17.01.2025 (yangilandi: 10:39 17.01.2025)
© Press-slujba MIPT RUz.V Tashkente proshol uzbeksko-kitayskiy biznes-forum

© Press-slujba MIPT RUz.
Obuna bo‘lish
2024 yil yakuniga ko‘ra Xitoyning O‘zbekistonga kiritgan sarmoyasi hajmi 10 milliard dollardan oshdi, tovar ayirboshlash hajmi esa 13,1 milliard dollarni tashkil etdi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Kecha Toshkentda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda XXR Favqulodda va muxtor elchisi Yu Jun, tegishli idoralar rahbarlari, o‘zbek va xitoy biznesining 400 nafardan ortiq vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi ko‘lami izchil kengayib borayotganini ta’kidlashdi.
© Press-slujba MIPT RUz.V Tashkente proshol uzbeksko-kitayskiy biznes-forum

V Tashkente proshol uzbeksko-kitayskiy biznes-forum
© Press-slujba MIPT RUz.
2024 yil yakuniga ko‘ra Xitoyning O‘zbekistonga kiritgan sarmoyasi hajmi 10 milliard dollardan oshdi, tovar ayirboshlash hajmi esa 13,1 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokidagi 3357 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Xitoy kompaniyalari O‘zbekiston hududlarida energetika, yengil sanoat, infratuzilmani rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv va boshqa sohalarda loyihalarni amalga oshirmoqda.
© Press-slujba MIPT RUz.V Tashkente proshol uzbeksko-kitayskiy biznes-forum

V Tashkente proshol uzbeksko-kitayskiy biznes-forum
© Press-slujba MIPT RUz.
Ishtirokchilarga O‘zbekistonda qulay biznes yuritish, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, O‘zbekiston sarmoyaviy va sanoat salohiyatining muhim jihatlari haqida ma’lumotlar berildi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ishga tushirgandan keyin foydalanish jarayonida tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.
© Press-slujba MIPT RUz.V Tashkente proshol uzbeksko-kitayskiy biznes-forum

V Tashkente proshol uzbeksko-kitayskiy biznes-forum
© Press-slujba MIPT RUz.
Forum doirasida O‘zbekistonning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati taqdimotlari ham o‘tkazildi, B2B va B2G formatlarida uchrashuvlar tashkil etildi. Ishtirokchilar yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish imkoniga ega bo‘ldilar.
Forum yakunida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, unda xorijlik ishtirokchilar O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.