Misr O‘zbekistonning tog‘li hududlarida turistik majmualar barpo etishga qiziqmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovKanatnaya doroga imeyet dlinu 2913 metrov
Kanatnaya doroga imeyet dlinu 2913 metrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchixonasi yordamida muzokaralar tashkil etildi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Misr tadbirkorlari O‘zbekistonda investitsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasi yordamida Misrning "Sabbour" investitsion konsalting kompaniyasi bosh ijrochi direktori Umar Sabbur va O‘zbekistondagi "B.Invest Group" kompaniyasi moliyaviy direktori Otabek Xudoyberganov o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.
© IA "Dunyo"Biznesmeni Uzbekistana i Yegipta obsudili perspektivi realizatsii investitsionnix proyektov v nashey strane
Biznesmeni Uzbekistana i Yegipta obsudili perspektivi realizatsii investitsionnix proyektov v nashey strane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
Biznesmeni Uzbekistana i Yegipta obsudili perspektivi realizatsii investitsionnix proyektov v nashey strane
Suhbat chog‘ida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Misr tomoni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida turistik majmualar barpo etish, aholiga xizmat ko‘rsatish, zamonaviy turarjoy qurish kabi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar "Sabbour" kompaniyasi rahbarining kelgusi oyda Toshkentga tashrifini uyushtirish va istiqbolli investitsion loyihalarda uning ishtirokini muhokama qilishga kelishib oldi.
Ma’lumot uchun, "Sabbour" investitsion konsalting kompaniyasi 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Misr, shuningdek, Ispaniya, BAA va Gretsiyadagi ko‘plab ko‘chmas mulk loyihalari, zamonaviy turarjoy maskanlarini barpo etishda ishtirok etib kelmoqda.
Sbros vodi na GES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2024
Misr O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda
Yangiliklar lentasi
0