Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina bo‘yicha tashabbus, NATO va’dasi, Putin va Tramp uchrashuvi: Lavrovning asosiy fikrlari

© Sputnik / Kirill Zikov / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya glavi MID RF S. Lavrova
Press-konferensiya glavi MID RF S. Lavrova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2025
Obuna bo‘lish
Lavrov: Rossiya AQShdan Ukraina bo‘yicha aniq tashabbuslarni kutmoqda.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiya AQShdan Ukraina bo‘yicha aniq tashabbuslarni kutmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya diplomatiyasining 2024-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Rossiya TIV rahbariga ko‘ra, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasidan u bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha takliflar kelib tushmagan.
"Biz aniq tashabbuslarni kutamiz. Prezident Putin ko‘p marta uchrashishga tayyorligini aytgan, biroq hozircha hech qanday takliflar bo‘lmagan", — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp NATO Rossiyaga alyansni sharqda kengaytirmaslik to‘g‘risida yolg‘on gapirganini tan olgan birinchi G‘arb siyosatchisi bo‘ldi.

"Prezident Trampning o‘zi ham katta intervyusida Kiyev rejimining NATOdagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘limda mojaroning asl sabablarini tilga oldi, Sovet Ittifoqi, keyin esa Rossiya-Amerika kelishuvlari va munosabatlari orqali erishilgan kelishuvlarga zid ravishda, shuningdek, YeXHT doirasida eng yuqori darajada, shu jumladan, prezidentlar, 2010-yilda prezident Obama tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishilgan holda yozilgan: “YeXHT hududidagi hech bir davlat yoki tashkilot ustunlikka da’vo qilmaydi va hech bir davlat o‘z xavfsizligini boshqalarning xavfsizligi hisobiga mustahkamlamaydi”, — dedi u.

Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, NATO o‘zi bajarmaslikka va’da bergan ishni bajarmoqda.
Agar Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishishi bilan “Amerikani yanada buyukroq qilsa”, bu maqsadga erishish uchun u qanday usullardan foydalanishini diqqat bilan kuzatish kerak, dedi Sergey Lavrov.

“Agar janob Tramp prezidentlik lavozimini egallab, Amerikani yanada buyukroq qiladigan bo‘lsa, prezident Tramp tomonidan e’lon qilingan ushbu maqsadga erishish usullarini juda diqqat bilan ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi”, — dedi Lavrov.

"Make America great again" (Amerikani yana buyuk qilamiz) shiori va uning qisqartmasi MAGA Donald Trampning saylovoldi shiori edi.
Lavrov, shuningdek, Kaliforniyadagi yong‘inlardan yetkazilgan zararni baholadi. Uning qayd etishicha, Kaliforniyadagi yong‘inlardan ko‘rilgan zarar AQShning Ukrainaga sarflagan miqdori bilan teng. Uning aytishicha, yong‘inlardan ko‘rilgan zarar 150 milliard dollar atrofida baholanmoqda.
Lavrov Rossiya diplomatiyasining 2024-yildagi natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazmoqda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2025
Lavrov Rossiya TIV faoliyatining yillik natijalarini sarhisob qildi — video
Yangiliklar lentasi
0