https://oz.sputniknews.uz/20250113/mening-maktabim-loyiha-ovoz-berish-47521672.html
“Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
“Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Ovoz berish jarayoni 17-yanvarga qadar davom etadi. 13.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-13T10:14+0500
2025-01-13T10:14+0500
2025-01-13T13:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktab
o‘quvchilar
“ochiq budjet” axborot portali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0d/47527436_0:45:972:592_1920x0_80_0_0_69848794b7f35c9f1e798851881ad1f8.jpg.webp
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. “Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.“Ochiq budjet” portalida maktabdagi muhim bo‘lgan loyihaga ovoz berish mumkin. Ovoz berish bosqichida o‘quvchilar faqat o‘zi ta’lim olayotgan maktabdagi bitta loyiha uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyiha g‘olib deb topilishi uchun kamida 10 ta ovoz to‘plash lozim.O‘tgan yilning dekabr oyida Oliy Majlis Senati Kengashi qarori bilan “Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlangan edi. Hujjatda “Mening maktabim” loyihasini o‘tkazish tartibi, jumladan, loyihalarni shakllantirish, ularni saralab olish, ovoz berish hamda g‘oliblarni aniqlash jarayonlari belgilangan.Ma’lumot uchun, prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida farmoniga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladi.Buning doirasida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi. Ushbu mablag‘ 5-11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanadi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejerlik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi."Mening maktabim" - bu yagona ta’lim platformasi. Bolaga o‘rganish, o‘qituvchiga o‘qitish, ota-onalarga esa jarayondan xabardor bo‘lishga yordam beradi. Foydalanuvchilar uchun yagona axborot va uslubiy yordam manbai hisoblanadi. Zamonaviy dizayn va qulay navigatsiya kerakli ma’lumotlarni tezda topish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20241009/uzbekistan-russia-mening-maktabim-tajriba-46044295.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0d/47527436_62:0:910:636_1920x0_80_0_0_0d7845d7869b1914d3fb4e757b26b78b.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, maktab, o‘quvchilar, “ochiq budjet” axborot portali
jamiyat, o‘zbekiston, maktab, o‘quvchilar, “ochiq budjet” axborot portali
“Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
10:14 13.01.2025 (yangilandi: 13:05 13.01.2025) Ovoz berish jarayoni 17-yanvarga qadar davom etadi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. “Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
matbuot xizmati. "Bugun “Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Mazkur jarayon 17-yanvarga qadar davom etadi", —deyiladi xabarda.
“Ochiq budjet” portalida maktabdagi muhim bo‘lgan loyihaga ovoz
berish mumkin. Ovoz berish bosqichida o‘quvchilar faqat o‘zi ta’lim olayotgan maktabdagi bitta loyiha uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyiha g‘olib deb topilishi uchun kamida 10 ta ovoz to‘plash lozim.
O‘tgan yilning dekabr oyida Oliy Majlis Senati Kengashi qarori bilan “Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlangan edi. Hujjatda “Mening maktabim” loyihasini o‘tkazish tartibi, jumladan, loyihalarni shakllantirish, ularni saralab olish, ovoz berish hamda g‘oliblarni aniqlash
jarayonlari belgilangan.Ma’lumot uchun, prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida farmoniga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladi.
Buning doirasida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi. Ushbu mablag‘ 5-11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanadi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejerlik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.
"Mening maktabim" - bu yagona ta’lim platformasi. Bolaga o‘rganish, o‘qituvchiga o‘qitish, ota-onalarga esa jarayondan xabardor bo‘lishga yordam beradi. Foydalanuvchilar uchun yagona axborot va uslubiy yordam manbai hisoblanadi. Zamonaviy dizayn va qulay navigatsiya kerakli ma’lumotlarni tezda topish imkonini beradi.