Hindistonning eng yirik kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi

© Reliance Industries Limited Reliance Industries Limited ( RIL ) - indiyskaya mnogonatsionalnaya konglomeratnaya kompaniya
Reliance Industries Limited ( RIL ) - indiyskaya mnogonatsionalnaya konglomeratnaya kompaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Hindistonning vakillari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Hindistonning eng yirik kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning "Reliance Industries Limited" kompaniyasi strategik taraqqiyot bo‘yicha prezidenti Kamal Nanavati bilan uchrashdi.
“Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va "Reliance Industries Limited" o‘rtasida neft-kimyo, to‘qimachilik, qayta tiklanadigan energetika va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, kompaniya O‘zbekiston bilan yuqorida nomi keltirilgan sohalarda manfaatli loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirgan.
Hindistonning mazkur eng yirik nodavlat kompaniyasi energetika, neft-kimyo, to‘qimachilik, telekommunikatsiya, chakana savdo va boshqa sohalarni qamrab olgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati neft va gaz qazib olish va neftni qayta ishlashga qaratilgan. U bozor kapitallashuvi va daromadlari bo‘yicha Hindistondagi eng yirik ommaviy kompaniya va dunyodagi 100-chi yirik kompaniya. Bu Hindistonning eng yirik xususiy soliq to‘lovchisi va eng yirik eksportchisi bo‘lib, Hindistonning umumiy tovar eksportining 7% ni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0