https://oz.sputniknews.uz/20250111/ozbekiston-eron-chobahor-porti-47514132.html
O‘zbekiston-Eron: Chobahor portidan foydalanish bo‘yicha muzokaralar jadallashtiriladi
O‘zbekiston-Eron: Chobahor portidan foydalanish bo‘yicha muzokaralar jadallashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Eron: Chobahor portidan foydalanish bo‘yicha muzokaralar jadallashtiriladi
2025-01-11T17:58+0500
2025-01-11T17:58+0500
2025-01-11T17:58+0500
o‘zbekiston
eron
hamkorlik
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45263768_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b027e0c68de2db244165331d19c95aad.jpg.webp
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Eron o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning yo‘l va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari - Portlar va dengizchilik tashkiloti rahbari Ali Akbar Safoi bilan uchrashdi.Ali Akbar Safoi Eron rahbariyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish qat’iyatiga ishora qilib, Eron mazkur mintaqa mamlakatlari bilan tranzit va transportni mustahkamlashga katta ahamiyat berishini ta’kidladi.Portlar va dengizchilik tashkiloti rahbari O‘zbekiston tomoniga Erondagi muhim transport-logistika "xab"laridan biri hisoblangan Chobahor porti imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning hududidan omborxona va turli terminallar qurish yoki sotib olish mumkinligini e’tirof etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250110/eron-yigimlar-47503927.html
o‘zbekiston
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45263768_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_644619b0ca6ece7c3b7e6eef4645138b.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston eron chobahor porti
o‘zbekiston eron chobahor porti
O‘zbekiston-Eron: Chobahor portidan foydalanish bo‘yicha muzokaralar jadallashtiriladi
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning yo‘l va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari - Portlar va dengizchilik tashkiloti rahbari Ali Akbar Safoi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Eron o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning yo‘l va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari - Portlar va dengizchilik tashkiloti rahbari Ali Akbar Safoi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida transport va logistika sohasida o‘zaro hamkorlik istiqbollari, Eronning dengiz portlari, shu jumladan, Chobahor portidan foydalanish borasida muzokaralarni jadallashtirish masalasi muhokama etildi.
Ali Akbar Safoi Eron rahbariyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish qat’iyatiga ishora qilib, Eron mazkur mintaqa mamlakatlari bilan tranzit va transportni mustahkamlashga katta ahamiyat berishini ta’kidladi.
Portlar va dengizchilik tashkiloti rahbari O‘zbekiston tomoniga Erondagi muhim transport-logistika "xab"laridan biri hisoblangan Chobahor porti imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning hududidan omborxona va turli terminallar qurish yoki sotib olish mumkinligini e’tirof etdi.