TIVda Misrning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
© Ministerstvo inostrannix del UzbekistanaSpespredstavitel Prezidenta Uzbekistana po Afganistanu vstretilsya s poslom Yegipta.
© Ministerstvo inostrannix del Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqida fikr almashildi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Misrning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
© Ministerstvo inostrannix del UzbekistanaSpespredstavitel Prezidenta Uzbekistana po Afganistanu vstretilsya s poslom Yegipta.
Spespredstavitel Prezidenta Uzbekistana po Afganistanu vstretilsya s poslom Yegipta.
© Ministerstvo inostrannix del Uzbekistana
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, O‘zbekiston va Misrning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqida fikr almashdilar.
© Ministerstvo inostrannix del UzbekistanaSpespredstavitel Prezidenta Uzbekistana po Afganistanu vstretilsya s poslom Yegipta.
Spespredstavitel Prezidenta Uzbekistana po Afganistanu vstretilsya s poslom Yegipta.
© Ministerstvo inostrannix del Uzbekistana
Elchi Toshkentning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyasini rivojlantirish va mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.