https://oz.sputniknews.uz/20250110/ozbekiston-pokiston-senat-47498393.html
O‘zbekiston va Pokiston senatlari o‘rtasida aloqalar jadallashadi
O‘zbekiston va Pokiston senatlari o‘rtasida aloqalar jadallashadi
Sputnik O‘zbekiston
Saydal Xan Pokiston va O‘zbekiston parlamentlarining yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish zarurligini bildirdi. Yaqin kelajakda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollari borasidagi takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, senatlar tizimida mavjud do‘stlik guruhlari imkoniyatlaridan keng foydalanish, o‘zaro tashriflar, ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qilish bo‘yicha onlayn uchrashuvlar tashkil etishning muhimligini alohida qayd etdi.
2025-01-10T12:36+0500
2025-01-10T12:36+0500
2025-01-10T14:49+0500
o‘zbekiston
pokiston
hamkorlik
uchrashuv
elchi
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0a/47498062_0:22:1118:651_1920x0_80_0_0_e0eee6be0c9d9d11ebbf69e5a080431c.jpg.webp
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. 2025-yilda O‘zbekiston va Pokiston senatlari o‘rtasida aloqalar yanada jadallashadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Senati raisi o‘rinbosari Saydal Xan bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, oliy daraja erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament monitoringini olib borish, ikki mamlakat qonunchilik organlari o‘rtasidagi munosabatlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.O‘zaro hamkorlik barcha jabhalarda izchil rivojlanish bosqichiga kirgani, mintaqaviy bog‘liqlik infratuzilma tashabbuslari, jumladan, Transafg‘on temir yo‘lini qurish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilgani e’tirof etildi.Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni monitoring qilish hamda amalga oshirish uchun parlament platformasining ahamiyati ta’kidlandi.Ikki davlat hududlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish uchun mustahkam asos yaratishi, tovar aylanmasi hajmini keskin oshirishi, eksport-import nomenklaturasini kengaytirishiga ishonch bildirildi. Hududlararo forum esa ushbu maqsadlarga erishishning amaliy mexanizmi sifatida e’tirof etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20241206/tanzila-narbaeva-pokiston-elchisi-46968315.html
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0a/47498062_111:0:1008:673_1920x0_80_0_0_315e46ca95e523ebae2f112ae54f5cfd.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston pokiston senat
o‘zbekiston pokiston senat
O‘zbekiston va Pokiston senatlari o‘rtasida aloqalar jadallashadi
12:36 10.01.2025 (yangilandi: 14:49 10.01.2025) Senatlar tizimida mavjud do‘stlik guruhlari imkoniyatlaridan keng foydalanish, onlayn uchrashuvlar tashkil etishning muhimligi qayd etildi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. 2025-yilda O‘zbekiston va Pokiston senatlari o‘rtasida aloqalar yanada jadallashadi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Senati raisi o‘rinbosari Saydal Xan bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, oliy daraja erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament monitoringini olib borish, ikki mamlakat qonunchilik organlari o‘rtasidagi munosabatlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro hamkorlik barcha jabhalarda izchil rivojlanish bosqichiga kirgani, mintaqaviy bog‘liqlik infratuzilma tashabbuslari, jumladan, Transafg‘on temir yo‘lini qurish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilgani e’tirof etildi.
Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni monitoring qilish hamda amalga oshirish uchun parlament platformasining ahamiyati ta’kidlandi.
Saydal Xan Pokiston va O‘zbekiston parlamentlarining yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish zarurligini bildirdi. Yaqin kelajakda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollari borasidagi takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, senatlar tizimida mavjud do‘stlik guruhlari imkoniyatlaridan keng foydalanish, o‘zaro tashriflar, ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qilish bo‘yicha onlayn uchrashuvlar tashkil etishning muhimligini alohida qayd etdi.
Ikki davlat hududlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish uchun mustahkam asos yaratishi, tovar aylanmasi hajmini keskin oshirishi, eksport-import nomenklaturasini kengaytirishiga ishonch bildirildi. Hududlararo forum esa ushbu maqsadlarga erishishning amaliy mexanizmi sifatida e’tirof etildi.