Indoneziya BRIKSga to‘laqonli a’zo bo‘ldi

© Sputnik / Anton DenisovSimvolika BRIKS
Simvolika BRIKS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2025
Obuna bo‘lish
Braziliya hukumati Indoneziyaning BRIKSga kirishini olqishlaydi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Indoneziya BRIKSga to‘laqonli a’zo bo‘ldi. Bu haqda Braziliya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“2025 yil 1-yanvardan boshlangan va 2025-yil 31-dekabrgacha davom etadigan Braziliyaning BRIKSga vaqtinchalik raisligi kontekstida Braziliya hukumati 6-yanvar kuni Indoneziya Respublikasining BRIKSga to‘laqonli a’zo sifatida rasman kirishini e’lon qildi. Braziliya hukumati Indoneziyaning BRIKSga kirishini olqishlaydi”, — deyiladi xabarda.
Indoneziya nomzodi 2023-yil avgustida Yoxannesburg sammitida guruh yetakchilari o‘rtasida konsensus yo‘li bilan ma’qullangan, biroq a’zo bo‘lishdan avval bu mamlakatda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan va yangi hukumat tuzilgan edi.
Indoneziya aholi soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi (277 milliondan ortiq kishi) va iqtisodiyoti yirik bo‘lgan davlatlar ichida sakkizinchi o‘rinni egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil Braziliya BRIKSga raislik qilmoqda. BRIKS 2006-yilda Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, besh yildan so‘ng Janubiy Afrika tashkilotga qo‘shildi. O‘tgan yili Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Saudiya Arabistoni a’zo bo‘ldi.
Podgotovka k provedeniyu XVI sammita BRIKS v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2024
O‘zbekiston kelasi yildan rasman BRIKSning hamkoriga aylanadi — Ushakov
Yangiliklar lentasi
0