https://oz.sputniknews.uz/20241203/olimpiya-shaharcha-qurilishi-bayonot-46918080.html
Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar yetkazishda uzilishlar kuzatilgan — MOQ
Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar yetkazishda uzilishlar kuzatilgan — MOQ
Sputnik O‘zbekiston
Milliy olimpiya qo‘mitasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkazilmasligi bo‘yicha bayonot berdi. 03.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-03T09:09+0500
2024-12-03T09:09+0500
2024-12-03T10:00+0500
sport
o‘zbekiston
milliy olimpiya qo‘mitasi
olimpiya o‘yinlari
olimpiya shaharchasi
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/03/46918238_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_49f3f392db9f7bdddd416676ef1d620c.jpg
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Pandemiyadan keyingi cheklovlar sababli Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar yetkazish jarayonida uzilishlar kuzatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) ma’lum qildi.Avvalroq Osiyo olimpiya kengashi (OOK) O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo o‘yinlari ko‘chirilganini e’lon qildi. O‘zbekiston MOQ mazkur masala yuzasidan rasmiy bayonot berdi.Qayd etilishicha, OOK mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyurgan va olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho bergan.Aytilishicha, pandemiyadan keyingi cheklovlar sababli Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar yetkazish jarayonida uzilishlar kuzatilgani va foydalanishga topshirish muddati kechikishini inobatga olgan holda O‘zbekiston tomoni OOKdan musobaqani yana bir yilga surishni so‘radi.Shu tufayli, OOK III yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbonligini Bahraynga topshirdi va O‘zbekistonga Islom birdamligi o‘yinlari yoki Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari kabi kattalar miqyosidagi yirik kompleks tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qildi.Qo‘shimcha qilinishicha, Olimpiya shaharchasini barpo etish, undan unumli foydalanish va uning negizida sportni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha prezident tomonidan berilgan barcha topshiriqlar ijrosi ta’minlanadi va kelajakda bu majmua yirik sport tadbirlarini o‘tkazishga har tomonlama tayyor bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20241202/yoshlar-toshkent-2025-osiyo-oyinlar-bahrayn-46914575.html
o‘zbekiston
olimpiya shaharchasi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/03/46918238_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c4ca122e08380650faf6d8761179c5c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, milliy olimpiya qo‘mitasi, olimpiya o‘yinlari, olimpiya shaharchasi, toshkent
sport, o‘zbekiston, milliy olimpiya qo‘mitasi, olimpiya o‘yinlari, olimpiya shaharchasi, toshkent
Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar yetkazishda uzilishlar kuzatilgan — MOQ
09:09 03.12.2024 (yangilandi: 10:00 03.12.2024) Milliy olimpiya qo‘mitasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkazilmasligi bo‘yicha bayonot berdi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Pandemiyadan keyingi cheklovlar sababli Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar yetkazish jarayonida uzilishlar kuzatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ)
ma’lum qildi. Avvalroq Osiyo olimpiya kengashi (OOK) O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo o‘yinlari ko‘chirilganini
e’lon qildi. O‘zbekiston MOQ mazkur masala yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, OOK mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyurgan va olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho bergan.
“Toshkentda qurilayotgan Olimpiya shaharchasi faqatgina yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun emas, majmuani kelgusida o‘zbek sportining taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan ilmiy-metodik klasterga aylantirish ko‘zda tutilgan. Unda zamonaviy sport obyektlaridan tashqari Sport vazirligi, ko‘plab federatsiya va assotsiatsiyalar, sport akademiyasi, sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi kabi inshootlar ham o‘rin olib, bu maskanda terma jamoalarimizni tayyorlashdagi nazariya va amaliyot birlashadi”, —deyiladi xabarda.
Aytilishicha, pandemiyadan keyingi cheklovlar sababli Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar yetkazish jarayonida uzilishlar kuzatilgani va foydalanishga topshirish muddati kechikishini inobatga olgan holda O‘zbekiston tomoni OOKdan musobaqani yana bir yilga surishni so‘radi.
“Biroq Olimpiya sport turlaridagi bellashuvlar kelgusida Dakar-2026 o‘smirlar yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash vazifasini bajarishi nazarda tutilgani bois OOK III yoshlar Osiyo o‘yinlari 2025-yilda tashkil etilishi muhimligini bildirdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Shu tufayli, OOK III yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbonligini Bahraynga topshirdi va O‘zbekistonga Islom birdamligi o‘yinlari yoki Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari kabi kattalar miqyosidagi yirik kompleks tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qildi.
Qo‘shimcha qilinishicha, Olimpiya shaharchasini barpo etish, undan unumli foydalanish va uning negizida sportni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha prezident tomonidan berilgan barcha topshiriqlar ijrosi ta’minlanadi va kelajakda bu majmua yirik sport tadbirlarini o‘tkazishga har tomonlama tayyor bo‘ladi.