Yangi loyiha va hamkorlik: Hindiston, Mo‘g‘uliston va Malayziya bilan muzokaralar o‘tkazildi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliLaziz Kudratov Hindiston, Mo‘g‘uliston va Malayziya delegatsiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Laziz Kudratov Hindiston, Mo‘g‘uliston va Malayziya delegatsiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2024
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida yangi loyiha tashabbuslarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Hindiston, Mo‘g‘uliston va Malayziya delegatsiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Kudratov Hindistonning "Adani Group" kompaniyasining Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Ashish Xan boshchiligidagi delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliLaziz Kudratov Hindiston, Mo‘g‘uliston va Malayziya delegatsiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Laziz Kudratov provel peregovori s delegatsiyami Indii, Mongolii i Malayzii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2024
Laziz Kudratov Hindiston, Mo‘g‘uliston va Malayziya delegatsiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Unda energetika, transport va logistika, konchilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi muhim tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Elektr stansiyalarini qurish, infratuzilmani rivojlantirish va logistika imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.
“Muzokaralar natijasida tomonlar hamkorlikni rivojlantirishga sobit qolishlarini bildirishdi va yangi loyiha tashabbuslarini amalga oshirish uchun asosiy tarmoqlarni belgilab olishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Mo‘g‘uliston Davlat Buyuk Xurali deputati, “Mo‘g‘uliston-O‘zbekiston” parlamentlararo guruhi raisi, O‘zbekistondagi parlament saylovlarida Mo‘g‘ulistondan kuzatuvchilar missiyasiga rahbarlik qilayotgan Suxbaatar Erdenebat bilan muzokaralar o‘tkazildi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliLaziz Kudratov Hindiston, Mo‘g‘uliston va Malayziya delegatsiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Laziz Kudratov provel peregovori s delegatsiyami Indii, Mongolii i Malayzii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2024
Laziz Kudratov Hindiston, Mo‘g‘uliston va Malayziya delegatsiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni bosqichma-bosqich va o‘z vaqtida amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Dekabr oyida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlik bildirildi. Unda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida imtiyozli savdo masalalari, investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitim va ikki davlat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi dasturi muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
“Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va muhokama qilingan yo‘nalishlarni amalga oshirishni jadallashtirishga tayyorligini bildirishdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Vazir Malayziya parlamenti yuqori palatasi raisi o‘rinbosari Nur Jazlan Mohamad bilan ham uchrashdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliLaziz Kudratov Hindiston, Mo‘g‘uliston va Malayziya delegatsiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Laziz Kudratov provel peregovori s delegatsiyami Indii, Mongolii i Malayzii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2024
Laziz Kudratov Hindiston, Mo‘g‘uliston va Malayziya delegatsiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Malayziyaga xizmatlar, kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirmoqda. Toshkentdagi Malayziya elchixonasida Malayziya tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasining (MATRADE) vakolatxonasi ochildi. O‘zbekistonda Malayziya kapitali ishtirokidagi 37 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olib, amaldagi kelishuvlarni faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kelishib olishdi.
“Ular orasida Malayziyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan qo‘shma loyihalarni joylashtirishga mo‘ljallangan “O‘zbekiston-Malayziya sanoat zonasi” tashkil qilish tashabbusi ham bor”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha har ikki tomonning mas’ul shaxslari hamda muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishning aniq muddatlari belgilab olindi hamda kelgusida hamkorlik qilish mexanizmi ishlab chiqildi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliNozimjon Xolmurodov “Eko Yevroosiyo” jamg‘armasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Perviy zamestitel ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli provol vstrechu s predsedatelem pravleniya fonda Eko Yevraziya Xikmetom Erenom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2024
Nozimjon Xolmurodov “Eko Yevroosiyo” jamg‘armasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qolaversa, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov “Eko Yevroosiyo” jamg‘armasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda 2025-yilning birinchi yarmida Anqarada O‘zbekiston-Turkiya tadbirkorlik sammitini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0