Narzullayevlar sulolasining kulolchilik uy-muzeyi — qiziqarli fotolar
Narzullayevlar sulolasining kulolchilik uy-muzeyi — qiziqarli fotolar
Sputnik O‘zbekiston
Usta Abdullo Narzullayevning sa’y-harakatlari bilan G‘ijduvonda Ibodullo Narzullayev nomidagi Milliy kulolchilik uy-muzeyi tashkil etilgan bo‘lib, unda kulolchilik muzeyi, ko‘rgazmalar zali, kulolchilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik ustaxonalari joylashgan.Sitata"Muzey ochilganidan buyon o‘nlab shogirdlar faol tahsil olib kelishmoqda, ayni paytda o‘n nafari kulolchilik, saksondan ziyodi kashtachilik, yana o‘n nafari gilamdo‘zlik sirlarini o‘zlashtirmoqda", – deydi ustaning to‘ng‘ich qizi Dilnoza Narzullayeva.Abdullo aka ota-bobolari qoldirgan an’anaviy hunarmandchilikni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda. 2021-yilda Abdullo Narzullayevga shaxsan prezident tomonidan “O‘zbekiston xalq ustasi” faxriy unvoni berilgan.
Usta Abdullo Narzullayevning sa’y-harakatlari bilan G‘ijduvonda Ibodullo Narzullayev nomidagi Milliy kulolchilik uy-muzeyi tashkil etilgan bo‘lib, unda kulolchilik muzeyi, ko‘rgazmalar zali, kulolchilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik ustaxonalari joylashgan.Abdullo aka ota-bobolari qoldirgan an’anaviy hunarmandchilikni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda. 2021-yilda Abdullo Narzullayevga shaxsan prezident tomonidan “O‘zbekiston xalq ustasi” faxriy unvoni berilgan.1997 yilda Narzullayev ko‘magida an’anaviy G‘ijduvon kashtasi qayta tiklandi, bu noyob texnikani saqlab qolish va ularni keyingi avlodlarga yetkazish imkonini berdi. Uning onasi Mustabshira Barakayeva 9 nafar qiz, 2 nafar kelin va nevaralariga avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kashtachilik texnikasi va naqshlarining o‘ziga xos uslubini o‘rgatmoqda. O‘zining yorqin ranglari va murakkab naqshlari bilan mashhur bo‘lgan so‘zana kashtasi G‘ijduvon madaniyatida chuqur ildizlarga ega. Qizlar bu san’atni yoshligidan o‘zlashtira boshlagan, o‘z mahriga namunalar yaratgan. So‘zana, shuningdek, turmush qurgan ayol va uning onasi o‘rtasidagi "maktub" sifatida ishlatilgan, bu yerda naqshlar ramziy ma’noga ega edi. An’anaviy kashtachilik bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biri Mavluda Narzullayeva turli yoshdagi ayollarni o‘qitib, ularga bilim va ko‘nikmalarini beradi. Uning shogirdlari an’analarni davom ettirib, turli ko‘rgazma va tanlovlarda o‘z iste’dodlarini namoyish etib kelishmoqda. Abdullo Narzullayev nafaqat kulolchilik ustasi, balki jahon miqyosida o‘zbek san’ati sharafini himoya qilayotgan xalqaro tadbirlarning faol ishtirokchisidir. Uning asarlari 160 dan ortiq ko‘rgazmalarda namoyish etilgan, u yerda sovrinli o‘rinlarni egallagan va mukofotlarga sazovor bo‘lgan. 2019-yildan buyon uning qizi Maxfuzabonu Narzullayeva o‘z shogirdlariga ushbu murakkab hunarmandchilik sirlarini o‘rgatib, "Buxoro ipak gilamlari" to‘qish an’analarini yangiladi. Ustaning yana bir qizi Dilnoza Narzullayeva kulolchilikda o‘ziga xos yo‘nalish bo‘lgan hushtak-o‘yinchoqlar yasash bilan shug‘ullanadi. Deyarli har bir kulolchilik markazida “uchpulak”, “ushpulak”, “adjuba”, “xushtak” deb ataladigan hushtak-o‘yinchoqlar tayyorlanadi. Ibodullo Narzullayev nomidagi Milliy kulolchilik uy-muzeyi o‘zbek hunarmandchiligini asrab-avaylash va rivojlantirishning muhim markaziga aylandi. Ustozlar va ularning shogirdlarining sa’y-harakatlari tufayli qadim zamonlardan boshlangan an’analar yashab, rivojlanib bormoqda. Har kim muzeyga tashrif buyurishi, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishi va o‘quv kurslarida qatnashishi mumkin, bu esa o‘zbek hunarmandchilik san’atining betakror merosini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Narzullayevlar oilasi bu an’analarni avloddan-avlodga yetkazish orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.Sputnik O‘zbekiston jarayonlardan qiziqarli fotolarni taqdim etadi.
Abdullo Narzullayev nafaqat kulolchilik ustasi, balki jahon miqyosida o‘zbek san’ati sharafini himoya qilayotgan xalqaro tadbirlarning faol ishtirokchisidir.
Usta Abdullo Narzullayevning sa’y-harakatlari bilan G‘ijduvonda Ibodullo Narzullayev nomidagi Milliy kulolchilik uy-muzeyi tashkil etilgan bo‘lib, unda kulolchilik muzeyi, ko‘rgazmalar zali, kulolchilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik ustaxonalari joylashgan.
"Muzey ochilganidan buyon o‘nlab shogirdlar faol tahsil olib kelishmoqda, ayni paytda o‘n nafari kulolchilik, saksondan ziyodi kashtachilik, yana o‘n nafari gilamdo‘zlik sirlarini o‘zlashtirmoqda", – deydi ustaning to‘ng‘ich qizi Dilnoza Narzullayeva.
Abdullo aka ota-bobolari qoldirgan an’anaviy hunarmandchilikni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda. 2021-yilda Abdullo Narzullayevga shaxsan prezident tomonidan “O‘zbekiston xalq ustasi” faxriy unvoni berilgan.
1997 yilda Narzullayev ko‘magida an’anaviy G‘ijduvon kashtasi qayta tiklandi, bu noyob texnikani saqlab qolish va ularni keyingi avlodlarga yetkazish imkonini berdi. Uning onasi Mustabshira Barakayeva 9 nafar qiz, 2 nafar kelin va nevaralariga avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kashtachilik texnikasi va naqshlarining o‘ziga xos uslubini o‘rgatmoqda.
O‘zining yorqin ranglari va murakkab naqshlari bilan mashhur bo‘lgan so‘zana kashtasi G‘ijduvon madaniyatida chuqur ildizlarga ega. Qizlar bu san’atni yoshligidan o‘zlashtira boshlagan, o‘z mahriga namunalar yaratgan. So‘zana, shuningdek, turmush qurgan ayol va uning onasi o‘rtasidagi "maktub" sifatida ishlatilgan, bu yerda naqshlar ramziy ma’noga ega edi. An’anaviy kashtachilik bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biri Mavluda Narzullayeva turli yoshdagi ayollarni o‘qitib, ularga bilim va ko‘nikmalarini beradi. Uning shogirdlari an’analarni davom ettirib, turli ko‘rgazma va tanlovlarda o‘z iste’dodlarini namoyish etib kelishmoqda.
Abdullo Narzullayev nafaqat kulolchilik ustasi, balki jahon miqyosida o‘zbek san’ati sharafini himoya qilayotgan xalqaro tadbirlarning faol ishtirokchisidir. Uning asarlari 160 dan ortiq ko‘rgazmalarda namoyish etilgan, u yerda sovrinli o‘rinlarni egallagan va mukofotlarga sazovor bo‘lgan. 2019-yildan buyon uning qizi Maxfuzabonu Narzullayeva o‘z shogirdlariga ushbu murakkab hunarmandchilik sirlarini o‘rgatib, "Buxoro ipak gilamlari" to‘qish an’analarini yangiladi. Ustaning yana bir qizi Dilnoza Narzullayeva kulolchilikda o‘ziga xos yo‘nalish bo‘lgan hushtak-o‘yinchoqlar yasash bilan shug‘ullanadi. Deyarli har bir kulolchilik markazida “uchpulak”, “ushpulak”, “adjuba”, “xushtak” deb ataladigan hushtak-o‘yinchoqlar tayyorlanadi.
Ibodullo Narzullayev nomidagi Milliy kulolchilik uy-muzeyi o‘zbek hunarmandchiligini asrab-avaylash va rivojlantirishning muhim markaziga aylandi. Ustozlar va ularning shogirdlarining sa’y-harakatlari tufayli qadim zamonlardan boshlangan an’analar yashab, rivojlanib bormoqda. Har kim muzeyga tashrif buyurishi, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishi va o‘quv kurslarida qatnashishi mumkin, bu esa o‘zbek hunarmandchilik san’atining betakror merosini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Narzullayevlar oilasi bu an’analarni avloddan-avlodga yetkazish orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi Abdullo Narzullayev G‘ijduvon shahrida "Ibodullo Narzullayev nomidagi milliy kulolchilik uy-muzeyi"ni tashkil etish barobarida, an’anaviy kashtachilik va Buxoro ipak gilamlari to‘qimachiligini ham yo‘lga qo‘ygan tashabbuskor
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi Abdullo Narzullayev G‘ijduvon shahrida "Ibodullo Narzullayev nomidagi milliy kulolchilik uy-muzeyi"ni tashkil etish barobarida, an’anaviy kashtachilik va Buxoro ipak gilamlari to‘qimachiligini ham yo‘lga qo‘ygan tashabbuskor
Dilnoza Narzullayeva kulolchilik sohalaridan biri hisoblangan o‘yinchoq hushtaklari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Suratda kulol buyumni bo‘yash jarayoni
Dilnoza Narzullayeva kulolchilik sohalaridan biri hisoblangan o‘yinchoq hushtaklari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Suratda kulol buyumni bo‘yash jarayoni
"Yulduz" so‘zanasi. Mualliflar: Mavluda Narzullayeva va Gulbahor Narzullayevalar. G‘ijduvon, 2020-yil. Ipak matoda ipak iplar bilan "yo‘rma" uslubida tikilgan
"Yulduz" so‘zanasi. Mualliflar: Mavluda Narzullayeva va Gulbahor Narzullayevalar. G‘ijduvon, 2020-yil. Ipak matoda ipak iplar bilan "yo‘rma" uslubida tikilgan
Narzullayevlar sulolasi barchani kulolchilik muzeyi va hunarmandchilik markaziga tashrif buyurishga taklif qiladi. U yerda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishibgina qolmay, ustaning uy-muzeyida oilasi bilan birga yashab, kulolchilik sirlarini shaxsan ustalardan o‘rganishlari mumkin bo‘ladi
Narzullayevlar sulolasi barchani kulolchilik muzeyi va hunarmandchilik markaziga tashrif buyurishga taklif qiladi. U yerda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishibgina qolmay, ustaning uy-muzeyida oilasi bilan birga yashab, kulolchilik sirlarini shaxsan ustalardan o‘rganishlari mumkin bo‘ladi