Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiyning "g‘alaba rejasi" yordam farodini eslatadi — Rossiya TIV

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV: “G‘alaba rejasi” Zelenskiyning tinchlikka intilish haqidagi bayonotlarini inkor etadi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy “g‘alaba rejasi” sifatida taqdim etayotgan narsa aslida yordam farodi hisoblanadi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Rossiya TIV MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk ma’lum qildi.
Zelenskiy yana Rossiya bilan muzokaralarga qarshi chiqdi
“Zelenskiyning AQSh va G‘arbiy Yevropa bo‘ylab so‘nggi safarlari chog‘ida “g‘alaba rejasi” niqobi ostida sotishga urinib ko‘rgani, keyin esa Oliy Rada va YeI sammitida taqdim etgani navbatdagi yordam farodini eslatadi”, — dedi Polishuk.
Uning fikricha, Zelenskiy “yana bir bor qurol, pul, NATOga kirish, Rossiyaga chuqur zarba berish uchun ruxsat so‘rayapti”, bu Kiyev rejimi, uning rahbari va jamoasi a’zolarining jismoniy va siyosiy omon qolishi uchun zarur.
"Ukraina esa buning uchun o‘z suvereniteti, tabiiy va iqtisodiy resurslari va fuqarolarining hayoti bilan to‘laydi", — deya xulosa qildi agentlik suhbatdoshi.
Uning qayd etishicha, "g‘alaba rejasi"ni ilgari surish faktining o‘zi Kiyev rahbariyatining tinchlikka intilish haqidagi bayonotlarini rad etadi, chunki uning mohiyatida mojaroning maksimal darajada avj olishi va unga NATO davlatlarining aralashuvi yotadi.
Zelenskiy AQShning Yevropadagi kontingentini o‘z askarlari bilan almashtirishni taklif qildi
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy na sammite Yevropi v Granade, Ispaniya, 5-oktabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Vladimir Zelenskiy o‘zining “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi
Yangiliklar lentasi
0