O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

MDH kuzatuvchilari saylovdan bir kun oldin O‘zbekistonda qisqa muddatli monitoring o‘tkazadi

© IA "Dunyo"Missiya nablyudateley ot SNG posetila izbiratelniy uchastok v posolstve Uzbekistana
Missiya nablyudateley ot SNG posetila izbiratelniy uchastok v posolstve Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2024
Obuna bo‘lish
MDH kuzatuvchisi O‘zbekistonning Moskvadagi saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish tartibi bilan tanishdi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. MDH kuzatuvchisi O‘zbekistonning Moskvadagi saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish tartibi bilan tanishdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
MDH bosh kotibi o‘rinbosari Denis Trefilov O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasida bo‘ldi. U muddatidan oldin ovoz berish tartibi, saylov uchastkasi ovoz beruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va komissiya a’zolari faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekistonda parlament saylovlari demokratiya yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi – Botirjon Asadov
"Missiyamizga MDH bosh kotibi Sergey Lebedev boshchilik qilmoqda. Bugungi kunga qadar missiya ishida 167 nafar kuzatuvchi ishtirok etmoqda. Ko‘pchilik 26-oktabr kuni qisqa muddatli monitoring o‘tkazish uchun O‘zbekistonga boradi. Missiya tarkibiga an’anaviy tarzda MDHga a’zo davlatlar vakillari, MDH PA va MDH Ijroiya qo‘mitasidan kuzatuvchilar guruhi kiradi", — dedi Trefilov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov uchastkasida saylov huquqlarini ta’minlash uchun barcha sharoit yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, 25-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘yicha MDH kuzatuvchilari missiyasining shtab-kvartirasi ochilgan.
Parlament saylovida muddatidan oldin ovoz berish 16-27 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sergey Lebedev, glava missii nablyudateley na referendume v Uzbekistane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2024
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
MDH O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholadi
Yangiliklar lentasi
0