Saidov Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

© Baxtiyor Saidov Baxtiyor Saidov prinyal novogo posla Yegipta v Uzbekistane
Baxtiyor Saidov prinyal novogo posla Yegipta v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2024
Obuna bo‘lish
Vazir elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tiladi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Kecha, 18-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Misrning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammadni qabul qildi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili Qohiraga amalga oshirgan rasmiy tashrifi istiqbolli hamkorlik uchun yangi poydevor qo‘ydi. Faol va yaqin munosabatlar kun tartibini boyitishda, shubhasiz, elchixonalar muhim o‘rin tutadi”, - deb yozadi Saidov.
Vazir elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tiladi.
Posolstvu Uzbekistana v Yegipte peredano bolee 500 ekzemplyarov unikalnoy literaturi i uchebnikov iz fondov Instituta diplomaticheskix issledovaniy MID Yegipta, Ligi arabskix gosudarstv i biblioteki religioznogo kompleksa Al-Azxar, soobshayet korrespondent IA Dunyo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2024
Misr o‘zbekistonlik talabalar uchun noyob adabiyot va darsliklar yubordi — ular nima haqida?
Yangiliklar lentasi
0