Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib bermoqda — tafsilotlar

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPredpriyatie OOO RN-Purneftegaz v Yamalo-Neneskom avtonomnom okruge
Predpriyatie OOO RN-Purneftegaz v Yamalo-Neneskom avtonomnom okruge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali 3,8 milliard kub metrga yaqin gaz yetkazib bermoqda.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali 3,8 milliard kub metrga yaqin Rossiya gazi yetkazib berilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Hozirgi kunda Rossiya gazi O‘zbekiston Respublikasiga tranzit qilinmoqda, bu yerda gap 3,8 milliard kubometr haqida ketmoqda. Qozog‘iston ichki bozorda gaz taqchilligi bo‘lmagan taqdirda faqat svop operatsiyalarini qabul qiladi. Ya’ni, bu kichik hajmlar. Narxlar, yuqorida aytganimdek, spot narxda shakllantiriladi”, — dedi Energetika vazirligi rahbari.
Avvalroq "QazaqGaz" boshqaruvi raisining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari Akan Aydin Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti hajmini yiliga 11 milliard kub metrgacha oshirish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.
“Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurlari tizimi Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hududlari orqali o‘tadi. 2023-yil iyun oyida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida “Gazprom” va O‘zbekiston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Rossiya O‘zbekistonga gaz eksportini oshirishga tayyor — Putin
Yangiliklar lentasi
0