Odam savdosi: homiladorlarga nisbatan sodir etilgan jinoyat uchun jazo kuchaytiriladi

© Depositphotos / EugeneGensyurovksyBeremennaya jenshina derjitsya za jivot
Beremennaya jenshina derjitsya za jivot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2024
Obuna bo‘lish
Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritiladi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Homilador ayolga nisbatan odam savdosi jinoyatini sodir etganlarga nisbatan jazo choralari kuchaytiriladi. Bu haqda quyi palataning navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda deputatlar “Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilishdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar hamon sodir etilmoqda. Bu kabi insonlarning huquqlari va erkinliklarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, jumladan, odam savdosi jinoyati uchun mutanosib sanksiyalar belgilanmagan.
Mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksiga odam savdosi jinoyatini sodir etganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish bilan bog‘liq o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda.
“Jumladan, homilador ayolga nisbatan sodir etilgan odam savdosi, shuningdek, muqaddam odam o‘g‘irlash jinoyatini sodir etgan shaxslar tomonidan odam savdosi jinoyatining sodir etilishini og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilash taklif etilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi odam savdosi jinoyati sodir etilishining oldini olishga, bolalar va xotin-qizlar huquqlari bilan bog‘liq xalqaro indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0