Endi siyosiy partiyalar ayrim hollarda jarimaga tortilishi mumkin

© Sputnik/Abdubakir YunusovVibori Prezidenta Respubliki Uzbekistan-2023
Vibori Prezidenta Respubliki Uzbekistan-2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2024
Obuna bo‘lish
Senator: oilaviy ovoz jarayoni qonunchilikka tuzatishlar kiritish zaruriyati mavjud ekanligini ko‘rsatdi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Siyosiy partiya saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobotni o‘z vaqtida taqdim etmasa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Oliy Majlis Senatining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.
Qayd etilishicha, mazkur qonun har bir fuqaroning teng saylov huquqlari kafolatlarini mustahkamlash, “oilaviy” ovoz berish holatlarining oldini olish va saylov kampaniyalarida moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.
Qonun orqali Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga saylov jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim tuzatishlar kiritilmoqda. Xususan, saylov (ovoz berish) bulletenlarini berish tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilanmoqda.

“O‘tgan saylovlar jarayonida bir shaxsni boshqa shaxs va shaxslar nomidan saylov bulletenlarini bir necha marta to‘ldirish bilan bog‘liq holatlar kuzatilgan. Boshqacha so‘z bilan aytganda, oilaviy ovoz beradiganlar aniqlangan. Yuzaga kelgan bunday kamchiliklar, saylov tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan qonunchilikka tuzatishlar kiritish zaruriyati mavjud ekanligini ko‘rsatdi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 51–10–prim va 51–11–prim moddalari bilan to‘ldirilmoqda. Bunda ovoz berish bulletenlarini berish tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilanmorqda”, — deydi senator Nariman Umarov.

Bundan tashqari, qonun saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari yuzasidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutadi.
Endi O‘zbekistonda deputatlar aralash saylov tizimi asosida saylanadi
“Unga ko‘ra, saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni ciyosiy partiya tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Qonun quyidagilarga xizmat qiladi:
har bir fuqaroning teng saylov huquqi kafolatlarini yana-da mustahkamlash;
saylov kampaniyasi vaqtida foydalanilgan Davlat budjeti mablag‘lari to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborot taqdim etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
siyosiy partiyalarning Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha moliyaviy hisobdorlik mas’uliyatini kuchaytirish.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51–8–prim moddasiga ko‘ra, saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi
Flagi politicheskix partiy Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2024
MSK siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berdi
Yangiliklar lentasi
0