https://oz.sputniknews.uz/20240827/uzbekistan-belarus-parlament-palata-hamkorlik-45395605.html
Oliy Majlis Senati Belarus parlamenti bilan hamkorlikni faollashtiradi
Oliy Majlis Senati Belarus parlamenti bilan hamkorlikni faollashtiradi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi.
2024-08-27T14:40+0500
2024-08-27T14:40+0500
2024-08-27T15:17+0500
siyosat
o‘zbekiston
belarus
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/1b/45395096_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_25c8735b0c4cba258fb50d5746063127.jpg
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi. Unda Oliy Majlisi Senati va Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi o‘rtasida 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi (“yo‘l xaritasi”) imzolandi. Muhokama chog‘ida O‘zbekiston va Belarus parlament vakillari MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Parlamentlararo Ittifoq kabi xalqaro parlament tashkilotlari doirasida faol hamkorlik qilayotganligiga urg‘u berildi. Shuningdek, ikki davlat do‘stlik guruhlari faoliyatiga ham e’tibor qaratilib, bu boradagi faoliyat ko‘rib chiqilgani va Komissiya nomi Belarus Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha Senat parlamentlararo komissiyasi deb qayta nomlangani ma’lum qilindi. Uchrashuvda qonun ijodkorligi, gender va yoshlar siyosati, ta’lim, tibbiyot sohalarida o‘zaro tajriba almashish, hududlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish, hududlarni raqamli rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumi mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Mazkur biznes-forumning ikkinchi marta o‘tkazilishi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha yangi takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240731/tashkent-uzbekistan-belarus-ayollar-biznes-forumi-44998698.html
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/1b/45395096_58:0:1195:853_1920x0_80_0_0_702ab838ff1e664d1fb8fa3ebdecc3a6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy majlis senati raisi tanzila narbayeva belarus milliy majlisi respublika kengashi raisi natalya kochanova
oliy majlis senati raisi tanzila narbayeva belarus milliy majlisi respublika kengashi raisi natalya kochanova
Oliy Majlis Senati Belarus parlamenti bilan hamkorlikni faollashtiradi
14:40 27.08.2024 (yangilandi: 15:17 27.08.2024) Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi hamkorlikni rivojlantirishga
kelishib oldi. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi.
Unda Oliy Majlisi Senati va Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi o‘rtasida 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi (“yo‘l xaritasi”) imzolandi.
Muhokama chog‘ida O‘zbekiston va Belarus parlament vakillari MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Parlamentlararo Ittifoq kabi xalqaro parlament tashkilotlari doirasida faol hamkorlik qilayotganligiga urg‘u berildi.
Shuningdek, ikki davlat do‘stlik guruhlari faoliyatiga ham e’tibor qaratilib, bu boradagi faoliyat ko‘rib chiqilgani va Komissiya nomi Belarus Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha Senat parlamentlararo komissiyasi deb qayta nomlangani ma’lum qilindi.
“Endilikda mazkur Komissiya yuqori darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini diqqat bilan kuzatib borishga, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga amaliy yordam berishi hamda uning ishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ham faol ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda qonun ijodkorligi, gender va yoshlar siyosati, ta’lim, tibbiyot sohalarida o‘zaro tajriba almashish, hududlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish, hududlarni raqamli rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumi mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Mazkur biznes-forumning ikkinchi marta o‘tkazilishi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha yangi takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.